Madatov Ilhom Yusup o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishni blended learning texnologiyasi asosida takomillashtirish (pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1268.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot:  Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishni blended learning texnologiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan innovatsion-pedagogik talablar analitik, “teskari sinf” (“filipped classroom”), loyihaviy-tadqiqotchilik kabi tayanch modellarni umumkasbiy va shaxsiy (psixologik, bilishga doir, vositali) kompetensiyalar bilan transformatsiyalashuv darajasi produktivligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
Blended learning texnologiyasi asosida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning o‘quv vaqtini optimallashtirish, o‘rganishga motivatsiyani oshirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish orqali kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari infografikani samarali qo‘llashga imkon beruvchi videoma’ruza, krinkast (raqamli videoyozuv), videotaqdimotning didaktik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda boyitib borishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalar mustaqil ta’limini Blended learning texnologiyasi asosida tashkil etishning pedagogik mexanizmi an’anaviy (Brick and Mortar Education) va elektron (e-learning) ta’limni jadallashtirilgan bilim olishga yo‘naltirilgan Isikava modeli, o‘qitishni boshqarish tizimiga asoslangan MOODLE tizimi bilan mualliflik dasturlari orqali adaptivlik salohiyatini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
Blended learning texnologiyasi asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlari muloqotning tarmoq texnologiyasi (birga-bir metodi), elektron seminar, kompyuterli diagnostika, evristik savollardan samarali foydalanish imkonini beruvchi konvergent ta’lim muhitining sinxron gibrid (“yuzma-yuz”, “rotatsiya”), asinxron (“teskari sinf”, “fleks”) shakllari temporalligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishni blended learning texnologiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘yiladigan innovatsion-pedagogik talablar analitik, “teskari sinf” (“filipped classroom”), loyixaviy-tadkikotchilik kabi tayanch modellarni umumkasbiy va shaxsiy (psixologik, bilishga doir, vositali) kompetensiyalar bilan transformatsiyalashuv darajasi produktivligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadkikot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 rakamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchuy yangi avlod elektron metodik ko‘llanmalarini yaratish va o‘kuv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-07-4133/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishning metodik imkoniyatlarini boyitilishiga erishilgan
 Blended learning texnologiyasi asosida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning o‘quv vaqtini optimallashtirish, o‘rganishga motivatsiyani oshirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish orqali kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari infografikani samarali qo‘llashga imkon beruvchi videoma’ruza, krinkast (rakamli videoyozuv), videotaqdimotning didaktik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yunalishlarda boyitib borishga ustuvorlik berish orkali aniklashtirishga doir ishlanmalar FZ-2016-0908165532-rakamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo koidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-07-4133/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘rganishga motivatsiyani oshirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish orqali kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik ta’minoting axborotlarni taqdim etish shakllarini ishlab chiqilishiga erishilgan.
talabalar mustaqil ta’limini  Blended learning texnologiyasi asosida tashkil etishning pedagogik mexanizmi an’anaviy (Brick and Mortar Education) va elektron (e- learning) ta’limni jadallashtirilgan bilim olishga yo‘naltirilgan Isikava modeli, o‘qitishni boshqarish tizimiga asoslangan MOODLE tizimi bilan mualliflik dasturlari orqali adaptivlik salohiyatini kengaytirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-07-4133/04-son dalolatnomasi). Natijada zamonaviy axborot texnologiyalariga asosida mustaqil ta’limni tashkil etish va boshqarish orqali o‘quvchilarda ta’lim olshga adaptiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
Blended learning texnologiyasi asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlari muloqotning tarmoq texnologiyasi (birga-bir metodi), elektron seminar, kompyuterli diagnostika, evristik savollardan samarali foydalanish imkonini beruvchi konvergent ta’lim muhitining sinxron gibrid (“yuzma-yuz”, “rotatsiya”), asinxron (“teskari sinf”, “fleks”) shakllari temporalligini ta’minlash asosida takomillashtirish buyicha ma’lumotlar FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo koidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-07-4133/04-son dalolatnomasi). Natijada mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘quv vaqtini optimallashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish