Nazarov Xumoyun Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Shimoli-g‘arbiy Baqtriyaning Kushonlar davri madaniy taraqqiyoti, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1033.
Ilmiy rahbar: Suleymanov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich tarix fanlari doktori dotsent, Pidaev Shokirjon Rasulevich tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi hududlaridagi arxeologik yodgorliklarda to‘plangan materiallar asosida nashr qilingan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, Shimoli-g‘arbiy Baqtriyaning kushonlar davri madaniy taraqqiyoti xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoli-g‘arbiy Baqtriya kushonlar davri madaniy taraqqiyoti o‘troq va nomad (ko‘chmanchi) madaniyatlar simbiozi va Kushon podsholigi davrida buddaviylikning ta’sirida ostida o‘ziga xos (mahalliy) madaniyatning shakllanishi bosqichlariga ajratilgan;
Kushon podsholigi davrida shaharsozlik madaniyati an’analari taraqqiyotida ellin va hind (buddaviylik) me’morchiligi elementlarining (xomashyo bazasi, qurilish uslublari, bino va inshootlar turlari, fasad va inter`erlarga tushirilgan naqsh va tasvirlarning semantik xususiyatlari, mudofaa inshootlari, shaharlar tarhi) ta’siri bo‘lganligi isbotlangan;
kushonlar davrida rang-tasvir va haykaltaroshlik san’atlarining ikonografiyasi va semantikasi (geral`dik, simvolik, antropomorf va zoomorf tasvirlar) mahalliy, ellin, hind hamda sak-yuechji qabilalari ma’daniyatlarining simbiozi natijasida taraqqiy etganligi aniqlangan;
Kushonlar davrida Shimoli-g‘arbiy Baqtriyada buddaviylik rasman davlat dini hisoblangan bo‘lsada, aholi orasida mahalliy diniy qarashlar keng saqlanib qolganligi va diniy siyosatda bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilinganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoli-g‘arbiy Baqtriyaning kushon davri madaniy taraqqiyoti jarayonlarini tadqiq etish doirasida ishlab chikilgan nazariy va amaliy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
Shimoli-g‘arbiy Baqtriya kushonlar davri madaniy taraqqiyoti o‘troq va nomad (ko‘chmanchi) madaniyatlar simbiozi va Kushon podsholigi davrida buddaviylikning ta’sirida ostida o‘ziga xos (mahalliy) madaniyatning shakllanishi bosqichlariga doir keltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari Termiz arxeologiya muzeyi hamda Madaniy meros agentligi arxivi fondlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi 2022 yil, 21 apreldagi 01-01/-1060-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosini asrab avaylashga oid ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan;
Shimoli-g‘arbiy Baqtriyaning Kushon podsholigi davri madaniy taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganilishi, Kushon podsholigi davrida shaharsozlik madaniyati an’analari taraqqiyotida ellin va hind (buddaviylik) me’morchiligi elementlarining ta’siri bo‘lganligi, rang-tasvir va haykaltaroshlik san’atlarining ikonografiyasi va semantikasi mahalliy, ellin, hind hamda sak-yuechji qabilalari ma’daniyatlarining simbiozi natijasida taraqqiy etganligi, aholi orasida mahalliy diniy qarashlar keng saqlanib qolganligi va diniy siyosatda bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilinganligi yuzasidan olingan ilmiy natijalar “O'zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 23 iyundagi 06-28-981-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar madaniy merosni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga qoldirish masalalarini targ‘ib qilishda xizmat qilgan.