Toirov Ilxom Yorievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sivilizatsiyaviy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari va tendensiyalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal104.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Izzetova Emine Mustofaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sivilizatsiyaviy rivojlanish xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati va uni yanada takomillashtirish omillarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    sivilizatsiya va madaniyatga tarixiy  shakllangan qarashlar va butun konsepsiya, sivilizatsiya va madaniyat analogiyasi va identifikatsiyasining (qaytarilmasligi, o‘ziga xosligi, tarixiy an’analari), jamiyat hayoti taraqqiyotini sivilizatsiya taraqqiyoti ekanligi, madaniy o‘sishning burilish vaqtlari, uning diaxronik va sinxronik jihatlari ochib berilgan;    
milliy davlatchilik va uning asoslarini mustahkamlash, dunyo madaniyati yutuqlarini, dunyoviy, milliy va diniy qadriyatlar Yangi O‘zbekistonning barqaror  sivilizatsion va madaniy rivojlanishining zarur sharti va bog‘lovchi omili ekanligi dalillangan; 
    Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi va madaniyatining farq qiluvchi ikki xil ijtimoiy tizim ekanligi, plyuralizm, boshqa ijtimoiy-siyosiy tizimlar bilan konstruktiv dialog  hamda jamiyatning barcha sohalarini keng modernizatsiya qilish O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur sharti ekanligi asoslab berilgan;
“sivilizatsiya” tushunchasining genezisi asosida sivilizatsiyaning dialektik jihatdan dinamik, ijtimoiy-tarixiy va aksiologik sifatlariga egaligi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinish. O‘zbekiston sivilizvsiyali taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlarining aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“sivilizatsiya” tushunchasining genezisini tahlil etish asosida   sivilizatsiyaning dialektik jihatdan dinamik, ijtimoiy-tarixiy va aksiologik  sifatlariga ega ekanliliga doir xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbrlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ – 3898-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular kabi Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha Farg‘ona vodiysi yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur”, Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”, “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzularida bir qator tadbirlar, seminar-treninglar o‘tkazishda foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 27 dekabrdagi 02/02 – 1709-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning O‘zbekistonning yangi taraqqiyotida sivilizatsion tendensiyalarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvurlari yanada kengaydi; 
milliy davlatchilik va uning asoslarini mustahkamlash, dunyo madaniyati yutuqlarini, dunyoviy, milliy va diniy qadriyatlar Yangi O‘zbekistonning barqaror  sivilizatsion va madaniy rivojlanishining zarur sharti va bog‘lovchi omili ekanligini dalillanganiga oid taklif va tavsiyalar sivilizatsiya va madaniyatga tarixiy  shakllangan qarashlar va butun konsepsiya, sivilizatsiya va madaniyat analogiyasi va identifikatsiyasining (qaytarilmasligi, o‘ziga xosligi, tarixiy an’analari), jamiyat hayoti taraqqiyotini sivilizatsiya taraqqiyoti ekanligi, madaniy o‘sishning burilish vaqtlari, uning diaxronik va sinxronik jihatlarini ochib berilganiga oid ilmiy xulosalar qo‘mita tomonidan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki to‘g‘risida”gi (2019 yil 23 avgust kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan) Qonun loyihasining 3-11 moddalari (fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishining asosiy prinsiplari)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-232-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida sivilizatsion yuksalishning mavjud huquqiy-me’yoriy bazasini yanada takomillashtirish, yangi qonun hujjatlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga qo‘llash jarayonini monitoring qilishga doir faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
milliy davlatchilik va uning asoslarini mustahkamlash, dunyo madaniyati yutuqlarini, dunyoviy, milliy va diniy qadriyatlar Yangi O‘zbekistonning barqaror  sivilizatsion va madaniy rivojlanishining zarur sharti va bog‘lovchi omili ekanligini dalillanganiga oid taklif va tavsiyalar 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 29.03 – 813-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni tarbiyalash jarayonida milliy taraqqiyotning o‘ziga xosliklarini tushuntirish imkoniyatlari kengaygan;
Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi va madaniyatining farq qiluvchi ikki xil ijtimoiy tizim ekanligi, plyuralizm, boshqa ijtimoiy-siyosiy tizimlar bilan konstruktiv dialog  hamda jamiyatning barcha sohalarini keng modernizatsiya qilish O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur sharti ekanligi asoslab berilganiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yo‘li”da amalga oshirishga oid O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashining chora-tadbirlar dasturi ni ishlab chiqishda va dastur doirasida 2019 yil 26 aprel` kuni “Yoshlar ma’naviy kamolotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning roli” mavzusi bo‘yicha tadbir ssenariysi va dasturlar tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 11 noyabrdagi 04.13/5063-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ayniqsa, yoshlarning O‘zbekiston sivilizatsiyali yangi taraqqiyot bosqichi madaniy xususiyatlariga doir tasavvurlari yanada kengaygan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish