Maxmudov Lazizbek Ubaydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmatlar sohasida elektron tijoratni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2138.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Urolovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03  
Rasmiy opponentlar: Ilxomjon Yuldashevich Umarov, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ruziev Shohruzbek Ravshan o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmatlar sohasida elektron tijoratni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ko‘p tomonlama aloqalar bilan shakllanuvchi, ma’lumotlarni elektron almashish, xavfsizlikni ta’minlash, elektron tijorat infratuzilmasini hamda elektron kataloglar va elektron to‘lovlar tizimini joriy etish orqali elektron tijoratning tarkibiy elementlari asoslangan; 
kichik biznes sub’ektlari bo‘lgan korxonalarda elektron tijorat tizimini tahlil etish, loyihalashtirish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish hamda rivojlantirish bosqichlari yondashuviga ko‘ra elektron tijorat tizimini konseptual modeli asoslangan;
elektron tijorat tizimi shakllanishiga sarflangan investisiyalar, tizimni loyihalashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni belgilovchi indikatorlarga ko‘ra korxonani elektron tijorat tizimlari samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
internet do‘konlarda autsorsingni, biznes-modelni, yagona savdo maydonchasini, dasturiy ta’minot to‘plamini hamda virtual do‘konlar bazasida o‘zaro integratsiyaga yo‘naltirilgan korxonani onlayn do‘kon logistikasiga xizmat ko‘rsatish strategiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmatlar sohasida elektron tijoratni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p tomonlama aloqalar bilan shakllanuvchi, ma’lumotlarni elektron almashish, xavfsizlikni ta’minlash, elektron tijorat infratuzilmasini hamda elektron kataloglar va elektron to‘lovlar tizimini joriy etish orqali elektron tijoratning tarkibiy elementlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2026 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 18-yanvardagi 11/02-15-286-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron tijoratda ko‘p tomonlama aloqalar bilan shakllanuvchi tizim elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash imkonini bergan;
kichik biznes sub’ektlari bo‘lgan korxonalarda elektron tijorat tizimini tahlil etish, loyihalashtirish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish hamda rivojlantirish bosqichlari yondashuviga ko‘ra elektron tijorat tizimini konseptual modelidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining «Eksport, import, savdo masalalari, mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashga ko‘maklashish to‘g‘risida»gi Nizomiga asosan «Tadbirkorlik sub’ektlarining savdo faoliyatini rivojlantirish» konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 18-yanvardagi 11/02-15-286-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektron tijorat tizimini shakllantirishga samarali kompleks yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan;
elektron tijorat tizimi shakllanishiga sarflangan investisiyalar, tizimni loyihalashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni belgilovchi indikatorlarga ko‘ra korxonani elektron tijorat tizimlari samaradorligini baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining «Eksport, import, savdo masalalari, mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashga ko‘maklashish to‘g‘risida»gi nizomiga asosan «Tadbirkorlik sub’ektlarining savdo faoliyatini rivojlantirish» konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 18-yanvardagi 11/02-15-286-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish elektron tijorat tizimining natijalarini baholash uchun tadbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni alohida yo‘nalishlarda tizimlashtirish asosida ularning iqtisodiy va tijorat samaradorligini aniqlashga hissa qo‘shgan;
internet do‘konlarda autsorsingni, biznes-modelni, yagona savdo maydonchasini, dasturiy ta’minot to‘plamini hamda virtual do‘konlar bazasida o‘zaro integratsiyaga yo‘naltirilgan korxonani onlayn do‘kon logistikasiga xizmat ko‘rsatish strategiyasi asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2026 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 18-yanvardagi 11/02-15-286-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish elektron biznes strategiyasining asosiy xususiyatlaridan, iste’molchilarning talabini maksimal qondirish asosida korxonalarning elektron tijorat samaradorligini 15,0 %ga oshirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish