Maxkamov Temur Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ boshqaruvning shaffofligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish (O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlar misolida)», 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt353.
Ilmiy rahbar: Abduraupov Rustam Ramzovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shaxridagi xalkaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxammedova Nargiza Batirjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Ashurov Zufar Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasidagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv shaffoflik tizimini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ boshqaruvning global rivojlanish tendensiyalari va samaradorligining asosiy omillarini aniqlash jarayonida aksiyadorlik jamiyatida investorlar bilan ishlash bo‘limini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvining shaffoflik darajasini ta’minlash mexanizmi oshkor qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar turlarini kengaytirishga ko‘ra Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) standartlariga moslashtirish asoslangan;
ko‘p sonli regressiya koeffisientlarning statistik ahamiyati va shaffoflik ko‘rsatkichlari immitatsiyasi kabilarga ko‘ra tijorat bankining IPO/SPOga tayyorlik darajasini tizimli tahlil qilishga tayyorgarligi va korporativ boshqaruv shaffofligi istiqbolini aniqlash modeli taklif etilgan;
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi hisoboti namunasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarda korporativ boshqaruvning shaffofligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy-amaliy tavsiyalar asosida:
korporativ boshqaruvning global rivojlanish tendensiyalari va samaradorligining asosiy omillarini aniqlash jarayonida aksiyadorlik jamiyatida investorlar bilan ishlash bo‘limini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda uch nafar xodimdan iborat investorlar bilan aloqalar bo‘limi (IR) tashkil etildi (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 27 iyul`dagi 18-11/1143-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida investorlar orasida axborot assimetriyasini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish orqali jamiyat aksiyalarining narxlarining yillik standart og‘ishi ikki foiz oralig‘ida saqlab qolinib, narx barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvining shaffoflik darajasini ta’minlash mexanizmi oshkor qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar turlarini kengaytirishga ko‘ra Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) standartlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvining 25.02.2021 yildagi 2021/02-son bayonnomasi qaroriga asosan Aksiyadorlik tijorat bankining korporativ boshqaruv siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 27 iyuldagi 18-11/1143-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2020 yil yakunlariga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda korporativ boshqaruv tizimining samaradorligi “yuqori” deb baholanib,  yillik foyda 743,9 milliard so‘mga oshishiga xizmat qilgan;
ko‘p sonli regressiya koeffisientlarning statistik ahamiyati va shaffoflik ko‘rsatkichlari immitatsiyasi kabilarga ko‘ra tijorat bankining IPO/SPOga tayyorlik darajasini tizimli tahlil qilishga tayyorgarligi va korporativ boshqaruv shaffofligi istiqbolini aniqlash modeli “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qaroriga (28.05.2021 y., №2021/02) ko‘ra amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 27 iyuldagi 18-11/1143-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanib, aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv shaffofligi oshishiga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kapitalining rentabelligi 5 foizga oshgan;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillari asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi hisoboti namunasi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining qaroriga (28.05.2021 y., №01/2021) muvofiq yangi tahrirdagi “Korporativ boshqaruv kodeksi”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 27 iyuldagi 18-11/1143-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standart talablari asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish