Ergashov Jamshid Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashtirish hamda daromadlarni oshirish masalalari”, 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2227.
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buranova Lola Vaxobovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashtirish hamda mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirganligi uchun xarid miqdorining 1 foiz miqdoridagi to‘lovlarni qaytarish orqali tovar aylanmasi hajmi va daromadlarni oshirish taklifi asoslangan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarga nisbatan soliq bazasi miqdori 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda o‘rnatilgan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligini belgilash hamda, ushbu shart bajarilmagan taqdirda, soliq to‘lovchini ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli deb topish orqali mahalliy byudjetga jalb etiladigan qo‘shimcha mablag‘lar manbaini yaratish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan erlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda miqdorlarni belgilash, yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan er uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffisient oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda mahalliy byudjetlarning soliqli daromad manbalarining ko‘p omilli ekonometrik modellari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashirish hamda daromadlarni oshirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirganligi uchun xarid miqdorining 1 foiz miqdoridagi to‘lovlarni qaytarish orqali tovar aylanmasi hajmi va daromadlarni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli moliya-soliq siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 15-02889-son, 2022 yil 17 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetlar daromadlarining prognoz qiymatlarini aniqlashtirish va daromad manbalari optimal shakllantirish imkoni yaratilgan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarga nisbatan soliq bazasi miqdori 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda o‘rnatilgan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligini belgilash hamda, ushbu shart bajarilmagan taqdirda, soliq to‘lovchini ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli deb topish orqali mahalliy byudjetga jalb etiladigan qo‘shimcha mablag‘lar manbaini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 15-02889-son, 2022 yil 17 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetga 465 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish bazasi yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan erlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda miqdorlarni belgilash, yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan er uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffisient oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 15-02889-son, 2022 yil 17 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetga 578,2 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga olib kelgan;
O‘zbekistonda mahalliy byudjetlarning soliqli daromad manbalarining ko‘p omilli ekonometrik modellari asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi ushbu yillarga tegishli mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli daromad manbalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 15-02889-son, 2022 yil 17 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mahalliy byudjetlarning daromadlarini o‘rta muddatli tuzishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan hamda mahalliy byudjetlar daromadlarining prognoz qiymatlarini aniqlashning ob’ektivligini ta’minlagan.