Maxamadjanov Akbar Maxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaridan foydalanish asosida tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1329.
Ilmiy rahbar: Yusupov Muxamadamin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc03/10.12.2019.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xolmamatov Diyor Haqberdievich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi banklarda mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining marketing faoliyatini boshqarish tizimi mijoz uchun qo‘shimcha qiymat yaratish, bank bo‘limlari va har bir kanali (filial, aloqa markazi va bosh.) rentabellik darajasini ta’minlashga ko‘ra mijozga maksimal darajada yo‘naltirilgan tijorat bankining mijozlar bilan muno-sabatlarini boshqarish konsepsiyasiga asoslangan holda taklif etilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmga ko‘ra takomillashtirilgan;
tijorat banklari faoliyatini mijoz nuqtai nazaridan PLS algoritmiga ko‘ra baholash usuli ishonch, mijoz muammosini hal qilish, marketing kommunikatsiyasi va o‘zaro munosabatlar omillari ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan hamda internet bank tizimining mijozlar bilan kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan;
 “Ipoteka-bank” ATIB mijozlar bilan ishlash bo‘limining faoliyatini korporativ madaniyatni raqamlashtirishga asoslangan “bank-mijoz uchun” tamoyiliga ko‘ra qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi asoslab berilgan;
moliyaviy istiqbollar, istiqbolli mijozlar, mijozlarga yaqinlik, ichki operatsion faoliyat va ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligi uyg‘unligiga  ko‘ra tijorat banklari raqamli marketing “onlayn bank strategiya xaritasi” taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklarda iste’molchi mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining marketing faoliyatini boshqarish tizimi mijoz uchun qo‘shimcha qiymat yaratish, bank bo‘limlari va har bir kanali rentabellik darajasini ta’minlashga ko‘ra mijozga maksimal darajada yo‘naltirilgan tijorat bankining mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish konsepsiya-siga asoslangan holda taklif etilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm “Ipoteka-bank” ATIB amaliyotiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 18 fevraldagi 1154/441-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Ipoteka-bank” ATIB mijozlar bilan ishlash operatsion xarajatlari 6,9 foizga kamayishiga erishilgan;
tijorat banklari faoliyatini mijoz nuqtai nazaridan baholashning takomillashtirilgan usuli va internet bank tizimining mijozlar bilan kommunikatsiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga 2021 yillik biznes rejasining 4.2 bandi asosida joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 18 fevraldagi №1154/441-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifga ko‘ra “Ipoteka-bank” ATIB mijoz-lar bilan kommunikatsiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, ATIBning 2021 yillik biznes rejasining 4.2-bandida o‘z aksini topgan;
tijorat banklarida mijozlar bilan ishlash bo‘limining faoliyatini korporativ madaniyatni raqamlashtirishga asoslangan “bank-mijoz uchun” tamoyiliga ko‘ra qayta tashkil etish bo‘yicha taklif “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 18 fevraldagi 1154/441-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yanglikni joriy etilishi natijasida  “Ipoteka-bank” ATIBning korporativ mijozlar soni 6,3 foizga va chakana mijozlar soni 9,4 foizga oshgan;
moliyaviy istiqbollar, istiqbolli mijozlar, mijozlarga yaqinlik, ichki operatsion faoliyat va ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligiga ko‘ra tijorat banklari raqamli marketing strategiyalarii “onlayn bank strategiya xaritasi” “Ipoteka-bank” ATIB faoliyatiga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 18 fevraldagi 1154/441-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida “Ipoteka-bank” ATIB IT infratuzil-masini “Bank-mijoz dasturlari” asosida takomillashtirilib, bankning chakana bank xizmatlari bozoridagi ulushi 1,3 foizga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish