Norbekova Munira Xamrakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida erkaklardagi ko‘krak bezi saratoni kasalligini patomorfologik va molekulyar-genetik xususiyatlari» 14.00.15–Patologik anatomiya va 14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2807.
Ilmiy rahbarlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Alimxodjaeva Lola Telmanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldasheva Nargiza Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulyar genetik tadqiqotlarni joriy etish va yangi tekshirish algoritmlarini ishlab chiqish orqali ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash va prognozlashning zamonaviy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RE, RP, Her2/neu, KI67 markerlarning erkaklarda ko‘krak bezi saratoni prognoziga ta’sirining ahamiyati, o‘simta tomirlarining mavjudligi va zichligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjudligi, bemorlarda proksimal omillarning bashoratlash tartibi asoslangan;
tekshiruv guruhlarida aniqlangan fenotiplarda erkaklarning yoshi bilan manfiy estrogenli holat o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash natijasida erkaklarda ko‘krak bezi saratonini erta tashxislash va oldini olish tartibi isbotlangan;
kasallikning bosqichi va xavf kategoriyasiga bog‘liq ravishda onkoepidemiologik monitoringni o‘tkazish orqali erkaklarda ko‘krak bezi saratoni asoratlarini oldini olishga qaratilgan tashxislash tartibi asoslangan;
erkaklarda ko‘krak bezi saratoni o‘smali tomirlarning geterogenligini inobatga olgan holda kasallik rivojlanishining klinik-morfologik va molekulyar-genetik omillarni baholashning ahamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida erkaklardagi ko‘krak bezi saratoni kasalligini patomorfologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida erkaklardagi ko‘krak bezi saratoni kasalligini patomorfologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasida erkaklarda ko‘krak bezi saratoni kasalligining molekulyar genetik va patomorfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/471-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erkaklarda ko‘krak bezi saratonini erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida erkaklardagi ko‘krak bezi saratoni kasalligini patomorfologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand va Sirdaryo viloyat fiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 08-38373-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yosh kattalashib borgan sari erkaklarda ko‘krak bezi saratonini erta tashxislash, samarali davolash tartibini ishlab chiqish, erta bashoratlash, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini yaxshilash, o‘lim ko‘rsatkichni kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.