Yuldashev Baxrom Sobirjanevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasida (Xorazm viloyati misolida) yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi rakining patomorfologik xarakteristikasi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib565.
Ilmiy rahbar: Magrupov Baxodir Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Daurexanov Asatoy Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qosimxojiev Muxammadjon Ibroximjon o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi xududlarida sut bezi saratonini patomorfologik tavsifini, qaytalanish xolatlari, zamonaviy o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning patologoanatomik tashxisida differensiallangan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta sut bezi saratoni shakllarining tuzilishi Xorazm viloyatida (Orolbo‘yida) yashovchi bemorlarda o‘smaning invazivligi xususiyatlariga asoslangan zamonaviy xalqaro gistologik tasnifni, qaytalanish xavfining korrelyasiya bog‘liqligini hisobga olgan holda saratonning gistologik shakli va gradatsiya darajasi aniqlangan;
birinchi marta Xorazm viloyatida (Orolbo‘yi zonasi) yashovchi bemorlarda ko‘krak bezi sut yo‘li ichi va bo‘lak ichi invaziv saratonning erta va kech residivlarning rivojlanishida yetakchi roli aniqlangan, shuningdek O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan qiyosiy tahlil qilingan;
birinchi marta morfologik tadqiqotlar majmuasi, shu jumladan immunogistokimyo va elektron mikroskopiya yordamida residivlanuvchi sut bezi o‘smalarining morfologik xususiyatlari va ularning terapevtik patomorfozi o‘rganilib, o‘smalarning takrorlanishini bashoratlash uchun stromal reaksiyalar va limfotsitar infiltratsiyaning diagnostik ahamiyati isbotlangan;
birinchi marta Xorazm viloyatida (Orolbo‘yida) yashovchi bemorlarning holatini retrospektiv tahlili asosida, sut bezi saratoni qaytalanishi xavfini uzoq muddatli bashoratlash hamda kompleks davolashni optimallashtirish imkonini beradigan yangi diagnostika mezonlari asoslangan;
birinchi marta sut bezi o‘smalarining residivlanishining kompleks davolash hajmiga, shu jumladan kimyoterapiya, gormonal terapiya va jarrohlik yordamiga bog‘liqligining matematik qiymatlari aniqlangan;
birinchi marotaba polifaktorli tahlil usullari asosida residivlanuvchi sut bezi saratonini resedivlarini aniq bashoratlash imkonini beradigan polifaktorli kompyuter modellashtirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi saratonining patomorfologik tavsifini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi saratonining patomorfologik tavsifini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ayollarda sut bezi saratonida immunogistokimyoviy tadqiqotlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 noyabrdagi 8n-z/593-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda sut bezi saratoni kelib chiqishi rivojlanishi va kasallikni tashxislashda immunogistokimyoviy tadqiqotlardan foydalanish asosida baholash imkonini bergan;
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi saratonini patomorfologik tavsifini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sut bezi kasalliklarining patomorfologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 noyabrdagi 8n-z/593-son sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi saratonining patomorfologik o‘zgarishlari oldini olish tizimini ishlab chiqish orqali kasallikni kamaytirish va ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘zbek ayollari populyasiyasida residivlanuvchi sut bezi saratonining patomorfologik tavsifini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi, Xorazm viloyati patologik anatomiyasi byurosi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 08-39444–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sut bezi xavfli o‘sma kasalliklari rivojlanishidagi xavf omillarini erta tashxislash, kasallikning kechishi va asoratlar xavfini o‘z vaqtida baholash, kasallikni davolash va oldini olishga samarali yondoshuvlarni tanlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish