Tadjibaeva Ra’no Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy gidronefrozda laktoflorning buyrak mikrotsirkulyasiyasi o‘zgarishlar dinamikasiga  va qon reologiyasiga ta’siri» 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib670.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shavaxabov Shavkat Shanasirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik yo‘lining bir tomonlama to‘liq to‘silishida buyrak parenximasining mikrotsirkulyasiya buzilishlarining dinamikasini, qaytmas jarayonlar kelib chiqish vaqtini va buyrak parenximasini dori vositalari bilan metabolik himoya qilishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik nayining bir tomonlama to‘liq to‘silishi oqibatida buyrak po‘stloq parenximasining mikrogemodinamikasi buzilishlari va reologik o‘zgarishlar dinamikasining batafsil baholash natijasida gidronefrozda mikrotsirkulyasiya buzilishlarning rivojlanishi asoslangan;
okklyuziya tomonidagi buyraklar mikrotsirkulyasion oqimining buzilishi to‘silish davomiyligiga bog‘liq bo‘lib, bu trofik buyrak parenximasining buzilishiga, to‘qima gipoksiyasining rivojlanishiga va erta (1, 3, 5 kunlari) dinamik funksional buzilishlarning paydo bo‘lishiga va keyinchalik tajriba vaqtida (14 va 30-kunlar) qaytarilmas tarkibiy o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan;
bir buyrak vazifasining buzilishida ikkinchisining mikrogematsirkulyator tizimining adaptiv qayta tuzilishi bilan javob berishi, bu kichik tomirlarning kengayishi va ulardagi qon oqimining chiziqli tezligining oshishi bilan namoyon bo‘lib, uning giperfunksiyasini ta’minlash tartibi isbotalangan;
siydik yo‘li bog‘langandan so‘ng 7 kun davomida teri ostiga laktoflora qilingan kalamushlarda qon oqimiga qo‘llaniladigan bosimning barcha qiymatlarida qonning dinamik yopishqoqligi sog‘lom hayvonlarning o‘xshash ko‘rsatkichlaridan statistik jihatdan ishonchsiz farq qilishi va tajribaning 14 va 30-kunlarida me’yorlashishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy gidronefrozda laktoflorning buyrak mikrotsirkulyasiyasi o‘zgarishlar dinamikasiga va qon reologiyasiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tajribaviy gidronefroz sharoitida laktoflorning buyrak mikrotsirkulyasiyasi va qon reologiyasiga ta’siri takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metabolicheskaya zashhita gidronefroticheski transformirovannoy pochki preparatom laktoflor» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 08 apreldagi 8n-z/157-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  buyrakning mikrotsirkulyasiya va qon reologiyasining tizimli kasalliklarida antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi dorilar sifatida joriy etishga imkon berish orqali kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tajribaviy gidronefrozda laktoflorning buyrak mikrotsirkulyasiyasi o‘zgarishlar dinamikasiga va qon reologiyasiga ta’sirini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent farmatsevtika instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasining  tajriba labaratoriyalarning  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 dekabragi 08-38751-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi eksperimental hayvonlarda siydik nayi bog‘langandan so‘ng laktoflorni 7 kun davomida teri ostiga yuborilishi qon oqimiga qo‘llaniladigan bosimning barcha qiymatlarida qonning dinamik yopishqoqligi sog‘lom hayvonlardagiga o‘xshash ko‘rsatkichlardan biroz farq qildi va  14 va 30 kunlarida me’yorlashtirish hisobiga kasallikni davolash uchun sarflanadigan  iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish