Navro‘zov Dilshod Qadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orol bo‘yida yashovchi bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasining turli qismlari antrpometrik ko‘rsatkichlarining yoshga xos xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib832.
Ilmiy rahbar: Ruzibaev Rashid Yusupovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orol bo‘yida yashovchi 1-16 yoshli bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasi turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarini bolalikning turli davrlarida yoshga, jinsga va yashash xududiga qarab o‘zgarishi dinamikasini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orol bo‘yida yashovchi 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar umurtqa pog‘onasining tarkibiy qismlari solishtirma antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq o‘zgarish xususiyatlari asoslangan;
1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar umurtqa pog‘onasi turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini yashash xududiga (qishloq va shahar xududi) muvofiq o‘zgarishi isbotlangan;
1 yoshdan 16 yoshgacha bolalarda umurtqa pog‘onasi turli qismlari antropometrik kattaliklar dinamikasi Janubiy Orol bo‘yi xududi uchun aniq ifodalab berilgan;
Janubiy Orol bo‘yida yashovchi 1-16 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza-dum qismlarining antropometrik parametrlarni jinsga bog‘liq o‘zgarishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orol bo‘yida yashovchi bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasining turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
janubiy Orol bo‘yida yashovchi bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasining turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasida antropometrik tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n-z/188-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma janubiy Orol bo‘yida istiqomat qilib kelayotgan bolalar va o‘smirlarning umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga ekologik, gigienik va ijtimoiy omillar ta’sirida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni baholash va oldini olish imkonini bergan;
janubiy Orol bo‘yida yashovchi bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasining turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qaraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tuman tibbiyot birlashmasi, Xorazm viloyati Urganch shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyundagi 08-18312-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalar va o‘smirlar umurtqa pog‘onasi antropometrik o‘lchash usullarini va umurtqa pog‘onasini yoshiga mos ravishda o‘sishini taxlil qilish, shuningdek, Janubiy Orol bo‘yida xududiga kiruvchi Xorazm viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi bolalar va o‘smirlar umurtqa pog‘onasini turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarini yoshiga xos rivojlanishi xususiyatlarini baholash imkonini bergan.