Ganiev Alisher Kadiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitda apoptoz rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari va uni korreksiyalash yo‘llari» 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.1.PhD/Tib1604.
Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosirjon Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir pankreatitda apoptozni rivojlanishini biokimyoviy mexanizmlarini baholash va uni korreksiyalash yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir tajriba pankreatiti modelida birinchi marta apoptoz omillari va sitokin statusining holati, shuningdek, ushbu jarayonlarga sitoxrom S va sandostatinning ta’siri majmuaviy tahlil natijalari asoslangan;
birinchi marta o‘tkir pankreatit rivojlanishiga metalloproteinazalar faolligi, ular ingibitorlarining miqoriy nisbati va ularga sitoxrom S va sandostatinning biokimyoviy ta’siri mexanizmidagi o‘zgarishlarning  o‘rni isbotlangan;
o‘tkir pankreatit rivojlanishida oshqozon osti bezi atsinar xujayralari va gepatotsitlar apoptozning o‘rni va bu jarayonlarga sitoxrom S va sandostatinning ta’siri asoslangan;
birinchi marta o‘tkir pankreatitda apoptozni rivojlanishiga sitoxrom S va sandostatinning ta’sirida  oshqozon osti bezi va jigarning gepatotsit hujayralarining apoptozining morfologik o‘zgarishlar va uni oldini olishning biokimyoviy mexanizmlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkir pankreatitda apoptoz rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari va uni korreksiyalash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir pankreatitda apoptoz rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari va uni korreksiyalash yo‘llarini takomillashtirish natijasida «Tajribada pankreatitni davolash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06880, 2022). Natijada o‘tkir pankreatitni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘tkir pankreatitda apoptoz rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari va uni korreksiyalash yo‘llari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sitoxrom S bilan o‘tkir pankreatitda apoptozni korreksiyalashning yangi tamoyillarini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n–z/316–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma apoptozni rivojlanishida sitoxrom s ning ahamiyati tasdiqlangan va uni tashxislash va davolashni takomillashtirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
o‘tkir pankreatitda apoptoz rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari va uni korreksiyalash usullari, davolash va bashoratlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Toshkent viloyati Qibray tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 08-40127-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir pankreatit bilan xastlangan bemorlarni  samarali tashxislash, davolash sifatini oshirish, ularning asoratlarini kamaytirish, shuningdek, shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish