Kurbanov G‘olib Tolmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori nafas yo‘llarining aseptik zararlanishida o‘tkir yallig‘lanish proliferativ bosqichi xususiyatlari» 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1716.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Begmonov Sattor Omonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba sharoitida aseptik yallig‘lanish proliferatsiya bosqichining rivojlanish xususiyatlarini, traxeya shilliq qavati epiteliysining regenerativ potensialini va nafas olish yo‘llari yuqori qismida yallig‘lanish reaksiyasining surunkaliga o‘tish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta tajriba quyonlarida klinikaga yaqin bo‘lgan yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishining (sovuq nekroz) tajribaviy modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor sovuq haroratning nafas yo‘llari shilliq qavati epiteliysining morfofunksional holati, regenerativ faolligiga va unga TGF-β1 ning ta’sirini ochib beruvchi tartibi isbotlangan;
tajribanining so‘nggi muddatlarida transformatsiyalovchi o‘sish omili TGF-β1 miqdorining keskin oshishi, yallig‘lanish jarayonining surunkaliga o‘tish ehtimoli ortishi asoslangan;
 yallig‘lanish natijasida traxeyaning kiprikli epiteliyning atrofiyasi, mahalliy endokrin apparati tarkibiy qismlari gipoplaziyasi, shilliqosti qatlamidagi kollagen tolalari miqdorining ortishi va zichlashishi, antioksidant tizim faolligining sezilarli darajada pasayishi, lipidlar peroksidlanishi jarayonlarining kuchayishining kelib chiqishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori nafas yo‘llarining aseptik shikastlanishida yallig‘lanishning proliferativ bosqichini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori nafas yo‘llarining aseptik shikastlanishida yallig‘lanishning proliferativ bosqichini baholashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqori nafas yo‘llarining aseptik shikastlanishida yallig‘lanishning proliferativ bosqichini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 8n-z/418-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma past haroratning nafas yo‘llarining shilliq qavati epiteliysining morfofunksional holati va regenerativ faolligiga, shuningdek, sitokin tizimiga ta’sirini ochib beruvchi yangi ilmiy ma’lumotlar olish imkonini bergan;
yuqori nafas yo‘llarining aseptik shikastlanishida yallig‘lanishning proliferativ bosqichini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 08-37999-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini erta tashxislash, traxeya devorining strukturaviy remodulyasiyasini chaqirib, barcha qatlamlarining, birinchi navbatda shilliq qavatning trofikasini buzilishi, qayta epitelizatsiya qilish qobiliyatining pasayishi, hujayradan tashqari matrisani zaiflashishi va nafas yo‘llari patologiyalarini surunkali shakliga moyilligini oshirish va kasalliklarni surunkali bosqichga o‘tishini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish