Butaev Ruslan Buriboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nostatsionar magnit maydonida yupqa tok o‘tkazuvchi qobiqlarning magnitoelastik deformatsiyalanishi(Magnitouprugoe  deformirovanie tokoprovodyashhix gibkix obolochek v nestatsionarnom magnitnom pole)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM18
Ilmiy rahbar: Indiaminov Ravshan Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, (DSc)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich fizika-matematika fanlari doktori,  professor; Sagdiev Xamidulla texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – tok o‘tkazuvchi ferromagnit bo‘lmagan yupqa qobiqning nostatsionar mexanik va elektrodinamik kuchlar ta’siridagi magnitoelastik deformatsiyalanishini joul issiqligini hisobga olgan holda modellashtirish, kuchlanganlik-deformatsion holatini tadqiq qilishga bag‘ishlangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektromagnitodinamik kuchlar ta’siri va Joul issiqligini hisobga olgan holda tok o‘tkazuvchi ferromagnit bo‘lmagan yupqa qobiqning magnitoelastik nochiziqli deformatsiyalanishi matematik modellashtirilgan.
nostatsionar magnitoelektromexanik kuchlar ta’siridagi ferro-magnit bo‘lmagan tok o‘tkazuvchi egiluvchan qobiqning magnitoelastik ikki o‘lchamli modeli elektromagnit qonuniyatlarni, geometrik nochiziqli bog‘lanishlarni va Joul issiqligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
ferromagnit bo‘lmagan tok o‘tkazuvchi egiluvchan konussimon qobiq termomagnitoelastik masalasi Joul issiqligini hisobga olgan holda sonli echish algoritmi va dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.  
tok o‘tkazuvchi ferromagnit bo‘lmagan yupqa konussimon qobiqning elektromagnitodinamik kuchlar ta’sirida termomagnitoelastik deforma-siyalanishi geometrik, mexanik va elektromagnitomexanik parametrlarni o‘zgartirgan holda kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlari baxo-langan hamda elektromagnit effektlar asoslangan.
tashqi begona tokning yo‘nalishi va zichligi miqdorini tanlagan holda Lorens kuchi, begona elektr toki va mexanik yuklanishlar ta’sirida bo‘lgan ferromagnit bo‘lmagan tok o‘tkazuvchi yupqa qobiqning egilishini minimallashtirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi nostatsionar mexanik va elektrodinamik kuchlar ta’siridagi ferromagnit bo‘lmagan yupqa tok o‘tkazuvchi qobiq shaklidagi mikroelementlarning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar,  sonli algoritmlar va dasturiy vositalar asosida:
elektromagnit moslashuvlikni hisobga olgan holda nostatsionar elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa tok o‘tkazuvchi qobiq shaklidagi mikroelementga elektromagnit maydonining ta’sirini aniqlashda Samarqand viloyati «Elektromagnit moslashuv xizmati» ta’sarrufida bo‘lgan o‘lchov qurilmalarida ishlatiladigan tok o‘tkazuvchi yupqa konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligining 23.07.2021yil №33-8/5266-son ma’lumotnomasi). Natijada nostatsionar elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa tok o‘tkazuvchi qobiq shaklidagi mikroelementning elektro-magnitomexanik parametrlari uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida qobiqning mustahkamligi 7-12% ga orttirilishiga erishilgan, yaratilgan matematik va dasturiy ta’minot muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 7-9% ga qisqartirish imkonini bergan;
tok o‘tkazuvchi yupqa mikroqobiq shaklidagi konstruktiv mikroelementlarning nostatsionar elektrodinamik kuchlar ta’sir jarayonlarini aniqlash va ularda paydo bo‘ladigan elektromagnit effektlarini tahlil qilishda «AlNet» Shuba Korxonasi soha ish jarayonlarida ishlatiladigan stansion va tashqi router, kommutatorlarning ikkilamchi elektr ta’minot kurilmalarida ishlatiladigan diod va tranzistorlari tarkibidagi konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 23.07.2021yil №33-8/5266-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida qurilmalarda ishlatiladigan yupqa mikroqobiqlarning hajmini qisqartirishga hamda mustahkamligining 9-11 % ga oshirilishiga, elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa mikroqobiq egilishini minimallashtirishga erishilgan va ish unumdorligini 6-9 % ga oshirishga imkon bergan;
nostatsionar elektrodinamik kuchlar ta’sirida bo‘lgan yupqa tok o‘tkazuvchi qobiq shaklidagi mikroelementning magnitoelastik deformatsiyalanish jarayonlarini aniqlashda «O‘ZBEKTELEKOM» AK Samarqand filiali Qo‘shrabot tuman telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli elektron avtomatik stansiyalarining elektron boshqaruv mashina-larida ishlatiladigan tok o‘tkazuvchi yupqa konstruktiv mikroelementlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj-lantirish vazirligining 23.07.2021yil №33-8/5266-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida elektromagnit maydoni ta’siridagi yupqa tok o‘tkazuvchi qobiq shaklidagi mikroelementning mustahkamligini 9-18 % orttirilishiga va muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 5-7 % ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish