Ismailov Ikromjon Ibrohim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xomashyo chiqindilaridan olingan qog‘ozning bosma texnik xossalari” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1738
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muxammadjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent; Gromiko Irina Grigor`evna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo chiqindilaridan qog‘oz olish texnologiyasini takomillashtirish va ularni bosma-texnik xossalarining matbaa mahsulotlari sifatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matbaa sohasida qo‘llash uchun ohaktosh qazib olishda chiqindi hisoblangan kal`siy karbonatni yuqori temperaturada qizdirish orqali qog‘oz olishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kal`siy karbonatli qog‘oz massasi kompozisiyasining o‘zgarishi uning fizik-mexanik, deformatsion, sorbsion va yuza xossalariga ta’sir etishi analitik usul yordamida aniqlangan;
nusxalarning gradatsion va rang tavsifnomalari bo‘yicha kal`siy karbonatdan tayyorlangan qog‘oz xossalarining bosma sifatiga ta’sir darajasi to‘la omilli regression matematik model asosida aniqlangan;
kal`siy karbonatdan tayyorlangan qog‘ozning xossalarini hisobga olgan holda bosma sifatini prognozlash uchun qalinlik va g‘adir-budirlik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlarini inobatga olgan holda matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kal`siy karbonatdan tayyorlangan qog‘ozning xossalarini hisobga olgan holda bosma sifatini prognozlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Mahalliy xom ashyo chiqindilaridan ya’ni kal`siy karbonatdan qog‘oz olishning takomillashgan texnologiyasi «Fergana stone paper company» o‘zbek-xitoy korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 3 iyundagi 06-2223-son ma’lumotnomasi). Natijada kal`siy karbonatdan qog‘oz olishning mazkur usulini joriy qilish orqali respublikada qog‘oz ishlab chiqarish hajmi 6-8% ga oshiriladi.
Kal`siy karbonatdan tayyorlangan qog‘oz «Technopak» Systems korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 3 iyundagi 06-2223-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p bo‘yoqli nusxalar olingan, import xomashyodan foydalanish 12-15% ga kamaytirilgan.