Xamidov Sardor Dilmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta chiqindilari tarkibidan sanoatbop tola ajratish qurilmasini takomillashtirish” 05.02.03- “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3120
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdul-Malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta chiqindilari tarkibidagi sanoatbop tolalarni ajratuvchi mashina konsturksiyasini takomillashtirish orqali tola ishlab chiqarish samaradoligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxt paxta tozalash korxonasida tolali chiqindilarni tozalash qurilmasining ta’minlovchi bunkeriga tolali materialni bir me’yorda uzatib beruvchi avtomatik tizim hamda chiqindidan sanoatbop tola ajratuvchi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
erkin jism harakati nazariyasi asosida chiqindidan tola ajratish qurilmasining ajratuvchi barabanida tolali mahsulotning harakati hamda ajralish jarayonlarining nazariy asoslari aniqlangan;
ko‘p omilli rejali tajriba natijalari asosida tola ajratish qurilmasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning ratsional konstruktiv o‘lchamlari aniqlangan;
chiqindidan sanoatbop tola ajratish qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlashi davomida arrali barabanlar valining mustahkamligini ta’minlovchi maqbul parametrlari aniqlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tolani chiqindilardan ajratish qurilmasini joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
chiqindilar tarkibidan sanoatbop tolalarni ajratish qurilmasi “Namangan Paxta Teks” MChJ “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 02/22-600-son ma’lumotnomasi). Natijada tola ajratish samaradorligi 15-17 % ga, tola chiqishi esa 0,31 % ga oshirilgan hamda ish unumdorligini 400 kg/soatga etkazilgan.