Jabbarov Jamoliddin Sindorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Murakkab fraktal tuzilishli tibbiy tasvirlarni raqamli ishlash usullari yordamida geometrik modellashtirish», 05.01.01- Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2635.
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Muxiddinov Muxriddin Nuriddinovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab tuzilishli tibbiy tasvirlarning fraktal o‘lchovlarini aniqlashning usulni takomillashtirish va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab fraktal tuzilishli ob’ektlar L-tizimlari usuli asosida qurilgan va binar usuli yordamida vizuallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
fraktallar nazariyasining asosiy tushnchalari yordamida inson tana a’zolaridagi qon-tomir tuzilishning geometrik modeli ishlab chiqilgan;
murakkab fraktal tuzilishli tibbiy tasvirlarning fraktal o‘lchovini aniqlashda katakchalarni sanash usulini kasriy o‘lchovni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan usul yordamida murakkab fraktal tuzilishli tibbiy tasvirlarning o‘lchovlarini aniqlashning algoritmlari va dasturiy majmuasining funksional sxematik tuzilishi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya doirasida fraktal tuzilishli tibbiy tasvirlarning fraktal o‘lchovlarini aniqlash usullari yordamida geometrik modellashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
MRT dan olingan tasvirlar asosida inson miyasidagi shikastlangan qismining fraktal o‘lchovini aniqlash usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy vosita «Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali»ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-38607 son ma’lumotnomasi). Natijada MRT dan olingan tasvirlar asosida inson miyasidagi shikastlangan qismining fraktal o‘lchovini aniqlashning vaqt sarfi 4 barobarga va xatolik 6-14% ga kamaydi, mehnat unumdorligi esa 4-6% ga oshish imkonini bergan;
ko‘z qon-tomirlarining fraktal o‘lchovini aniqlash orqali bemorlarning ko‘z sohasidagi bosim kasalligini tashxislashning algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy vosita Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Stoma Denta Munavvar» MChJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil5 dekabrdagi 08-38607 son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘z qon-tomirlarining fraktal o‘lchovini aniqlash va tashxislash uchun ketadigan vaqt 2 barobarga va xatolik 7-10% ga kamaydi, mehnat unumdorligi  esa 5-7% ga oshdi;
inson qon-tomirlarining fraktal o‘lchovini aniqlash orqali bemorlarning qandli diabet kasalligini tashxislashning algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy vosita «Akdemik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand viloyat filiali»ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-38607 son ma’lumotnomasi). Natijada qon tomirlarining fraktal o‘lchovini aniqlash vaqti 3 barobarga va xatolik 5-11% ga kamaydi, mehnat unumdorligi esa 3-6% ga oshish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish