Kubaeva Mavluda Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2376.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldoshevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdusamatova Nargiza Jamoliddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik bilim, ekologik ta’lim, ekologik tarbiyani berish hamda ularda ekologik madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyatni tashkil etish tizimi pedagogik vizuallashtirish texnologiyasining innovatsion potensialini  aniqlash natijasida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining aqliy va bilim faolligini yuksaltirishga qaratilgan vizual-didaktik ko‘rgazmalililik vositalardan ekologik tarbiya berishda foydalanishning metodik bazasi kognitiv bilish jarayonlari va amaliy bajarish bilan integratsiyalashgan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat ishlanmalarini yaratish asosida takomillashtirilgan;  
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim-tarbiya berishda o‘quv materiallarni statik va dinamik vizual tasvirlar shaklida taqdim etishning o‘ziga xosliklarini ochib berish orqali tarbiyalanuvchining vizual-ko‘ruv qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minoti (animatsiya, mul`timedia, 3D texnologiya) takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rta, katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini aniqlash asosida ekologik ta’lim-tarbiya berishning innovatsion imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
Ekologik ta’lim-tarbiya haqidagi bilim, tasavvur hamda vizual texnologiyalarni qo‘llashning samarali metodlari asosida bo‘lajak tarbiyachilarda ekologik bilim berish va ta’limda vizual texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir xulosalari maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun tayyorlagan “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 03-03/2-3167-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim sifati va bolalarda ijodiy faoliyat samaradorligi oshirilgan;
turli ta’limiy faoliyat mobaynida tarbiyalanuvchilarning aqliy va bilim faolligini yuksaltirishga qaratilgan vizual-didaktik ko‘rgazmalilik vositalaridan ekologik tarbiya berishda foydalanishga doir takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim va tarbiya berish vizual texnologiyasi” (“Fan va tabiat” markazi uchun) elektron qo‘llanmasida o‘z aksini topgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 03-03/2-3167-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Fan va tabiat” ta’limiy faoliyatida har bir tarbiyachi-pedagogning vizual texnologiyalarni samarali qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanish orqali ularda ekologik tarbiyanini shakllantirishga oid tavsiyalar Navoiy shahridagi 26-, 24-, 10-, Samarqand viloyat Qo‘shrabot tumanidagi 2-, 19-, 18- va Buxoro shahridagi 80-, 53-, 44-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 03-03/2-3167-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning bolalarga ekologik tarbiya berishda ta’limning vizual texnologiyalaridan foydalanishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish