Kuvatova Nozima Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kontekstli ta’lim muhitida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirish)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped 2352.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kontekstli ta’lim muhitida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning didaktik ta’minotini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kontekstli ta’lim muhitida kvaziprofessional, mustaqil o‘quv va amaliy-professional faoliyat uzviyligini ta’minlashga qaratilgan didaktik ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli kontekstli ta’limning semiotik, imitatsion, ijtimoiy modellarini mustahkamlik, modellashtirish, motivatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kontekstli ta’lim muhitida co-creation value va co-production tamoyillariga muvofiq bo‘lajak professional ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi (R.E.A.C.T., Assisment, Problem-based projects) mustaqil-o‘quv, kvaziprofessional hamda amaliy faoliyatni integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kontekstli ta’lim muhitida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligining shakllanganlik darajasi kognitiv faollik va kvaziprofessional muhim sifat ko‘rsatkichlarining vazniy koeffisientlarini aniqlash orqali miqdoriy va sifatiy baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontekstli ta’lim muhitida talabalarni tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kontekstli ta’lim muhitida tayyorlashning didaktik ta’minoti mazmuni mustaqil o‘quv, kvaziprofessional va amaliy-professional faoliyat uzviyligida tashkiliy-pedagogik, psixologik pedagogik va didaktik kabi pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashtirish asosida rivojlantirishga doir takliflardan “Ta’limga kirish” fanidan oliy ta’lim talabalari uchun qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89.05.80-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli kontekstli ta’limning semiotik, imitatsion, ijtimoiy modellarini mustahkamlik, modellashtirish, motivatsionlik tamoyillari asosida ishlab chiqish hamda umumkasbiy fanlarni o‘qitishning majmuaviy tuzilmasi komponentlarini uzviylashtirish natijasida takomillashtirishga doir berilgan tavsiyalaridan Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutining IL-40210489-conli “Yoshlar va xotin qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish” innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89.05.80-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
kontekstli ta’lim muhitida bo‘lajak professional ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish, didaktik ta’minotini rivojlantirish, amaliy - kasbiy kompetentligining takomillashtrilgan darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish va o‘qitish metodlarini umumlashtirish bo‘yicha berilgan takliflardan “Pedagogik mahorat” fani asosida elektron darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89.05.80-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fandan talabalarning o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olishini rivojlantirishga hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida professional ta’lim talabalarining kasbiy faoliyatida o‘z o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish qaratilgan takliflar “Pedagogical competence” o‘quv qo‘llanma bakalavr talabalari uchun o‘quv jarayoniga tabdiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 89.05.80-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligi rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish