Razakov Azamat Djuraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Surunkali yiringli o‘rta otitlarda koxleovestibulyar buzilishlarni kompleks diagnostikasi va davolash optimizatsiyasi», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/Tib743.
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdumannop Abdumajidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy pediatriya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Diab Xassan Muxamed ali, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Cankt-Piterburg burun, tomoq, quloq va nutq ilmiy tekshirish instituti (Rossiya federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yiringli o‘rta otitlarda koxleovestibulyar buzilishlarni tashxislashni takomillashtirish va davo samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemor bolalarda muvozanat a’zolarining buzilishiga shikoyati bo‘lmasada, kompyuterli videonistagmografiya yordamida tekshirilganda 54,7% holatda yashirin nistagm kuzatilishi aniqlangan;
surunkali yiringli o‘rta otitlarning attiko-antral va tubotimpanal shakllarida ichki quloqning yarim doira kanallari va chig‘anoqlarda bo‘ladigan patologik o‘zgarishlarni aniqlashda an’anaviy tekshiruvlarga nisbatan taklif qilingan “erta vestibulyar tamoyili” usulini qo‘llash 84,7% ijobiy natija berishi isbotlangan;
ilk bor bolalar amaliyotida surunkali yiringli o‘rta otitlarda kompyuterli videonistagmografiya yordamida yakkol nistagmni aniqlanib konservativ yoki jarroxlik davolashni ta’minlovchi usullardan foydalanish zarurligi isbotlangan;
olingan natijalar asosida surunkali yiringli o‘rta otitlarda koxleovestibulyar buzilishlarni yashirin nistagmni inobatga olgan holda tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali yiringli o‘rta otitlarda koxleovestibulyar buzilishlarni davolash samaradorligini yaxshilsh bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda surunkali yiringli o‘rta otitlarda kechadigan yashirin vestibulyar belgilarni erta aniqlashga qarattilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Vestibulyar buzilishlarning kompleks tashxilsashning zamonaviy kompyuter texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 oktyabrdagi 8n-r/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda tashxislashga kompyuterli videonistagmografiyani qo‘llash erta tashxislash va davolash usullari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bolalarda kechadigan yiringli o‘rta otitlarda qiyosiy maqsadida ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Xavfsiz paroksizmal pozision bosh aylanishi diagnostikasi va kompleks davolanishining zamonaviy tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 oktyabrdagi 8n-r/939-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomaning joriy qilinishi surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda qiyosiy tashxislash va og‘irlik darajasini aniqlash imkonini bergan.
surunkali yiringli o‘rta otitlarda koxleovestibulyar buzilishlar bilan og‘rigan bolalarga ko‘rsatilatgan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bollalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etildi. (Cog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 08-40309-son ma’lumotnomasi) Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi,bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga, davolash sifatini oshirish asosida bemorlarning hayot davomiyligini uzaytirish hamda o‘tkaziladigan profilaktik chora-tadbirlar bemorlarning hayot sifatini 94,7% ga yaxshilash imkonini bergan.