Shakarboeva Shaxnoza Abdulakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘lg‘usi pedagoglarida o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P307.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurjonovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Shamshetova Anjim Karamaddinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘lg‘usi pedagoglarida o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish va ularni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabada o‘z-o‘ziga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat bilan xulq-atvorini tartibga solish xususiyatlarining o‘zaro adekvat va ekvivalent ta’siri orqali kasbiy mas’uliyatni shakllantirishi natijasida o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyasining tarkib toptirishi isbotlangan;
murakkab topshiriqlar bilan ishlash jarayonida intellektual faoliyatning pastligi sababli o‘zining faoliyatini adekvat tashkil eta olmasligi, musobaqalashuv motivining regressiyalashuvi tufayli egressiv xulq-atvor motivatsiyasini kuchayib ketishi natijasida bo‘lg‘usi pedagoglarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantira olmasliklari asoslangan;
ijtimoiy intellekti va da’vogarlikning yuqori darajasini uyg‘unlashuvi ta’sirida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda pedagogik refleksiyani kuchaytirilishi tufayli kasbiy mas’uliyatni intensivligini oshirishga imkon beruvchi o‘z-o‘zini konstruktiv baholashni shakllanganligi dalillangan;
talabalarda ichki ustun motivlar bilan kuchli irodaviy quvvatning o‘zaro korrelyasiyasi ta’sirida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘zini-o‘zi idora qilish xususiyatlarini kuchaytirishi sababli o‘quv faoliyatida o‘z ustida ishlash qobiliyatini tarkib toptirishga xizmat qiluvchi mas’uliyatlilikni shakllantirilishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lg‘usi pedagoglarida o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabada o‘z-o‘ziga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat bilan xulq-atvorini tartibga solish xususiyatlarining o‘zaro adekvat va ekvivalent ta’siri orqali kasbiy mas’uliyatni shakllantirishi natijasida o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyasining tarkib toptirishi isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-4-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalash va takomillashuviga yordam berishga erishilgan;
murakkab topshiriqlar bilan ishlash jarayonida intellektual faoliyatning pastligi sababli o‘zining faoliyatini adekvat tashkil eta olmasligi, musobaqalashuv motivining regressiyalashuvi tufayli egressiv xulq-atvor motivatsiyasini kuchayib ketishi natijasida bo‘lg‘usi pedagoglarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantira olmasliklari asoslanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-4-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglar va amaliyotchi psixologlarda o‘z ustida ishlash faoliyatini mustahkamlashning metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qiladi;
ijtimoiy intellekti va da’vogarlikning yuqori darajasini uyg‘unlashuvi ta’sirida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda pedagogik refleksiyani kuchaytirilishi tufayli kasbiy mas’uliyatni intensivligini oshirishga imkon beruvchi o‘z-o‘zini konstruktiv baholashni shakllanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-4-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar va amaliyotchi psixologlari faoliyati metodik bazasi ta’minotini yaxshilashga hamda bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga yordam beradi.
talabalarda ichki ustun motivlar bilan kuchli irodaviy quvvatning o‘zaro korrelyasiyasi ta’sirida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘zini-o‘zi idora qilish xususiyatlarini kuchaytirishi sababli o‘quv faoliyatida o‘z ustida ishlash qobiliyatini tarkib toptirishga xizmat qiluvchi mas’uliyatlilikni shakllantirilishi aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 4-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-4-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar va amaliyotchi psixologlarining samarali faoliyati va bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga yordam beradi.