Djabbarov Anvar Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy xizmatchilarda liderlik sifatlari shakllanishining psixologik jihatlari”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P424.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shermatov Fayzullo Toshtillaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy vaamaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy xizmatchilarda liderlik sifatlari shakllanishining psixologik jihatlarini ochib berish va uslubiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asab tizimida kuchli qo‘zg‘alishi bo‘lgan harbiy xizmatchilar tez qaror qabul qilishi, shaxslararo ziddiyatlarni zudlik bilan hal etishga asoslangan o‘zining individual shaxslararo munosabat uslubiga tayanishi  sababli harbiy jamoada ijtimoiy mavqega va e’tirofga ega bo‘lishi dalillangan;
strategik tafakkur, ruhlantiruvchi, analitik, tashkilotchilik xususiyatlari ta’sirida harbiy xizmatchilar funksional majburiyatlarini bajarish jarayonida dadillikni, uzoqni ko‘ra olish, qo‘l ostidagilarni maqsadga etaklovchilik xususiyatlarning shakllantirishi vizioner yetakchiga xos  sifatlar  ekanligi asoslangan,  
xizmat lavozimiga yangi tayinlangan kichik komandirlarning xizmat faoliyatini boshlang‘ich davrida topshiriqlarni ijro etilishida tizimli yondashuvga tayanishi sababli jangovar ko‘rsatmalarni samarali va so‘zsiz bajarilishiga to‘siq bo‘luvchi “hissiy beqarorlik”, “tortinchoqlik”, “tobelik”, “o‘ziga ishonmaslik” kabi psixologik xususiyatlarning  salbiy ta’sir etishi aniqlangan;
harbiy jamoalarda mustahkam harbiy intizomni saqlash va yakkaboshchilik tamoyilini tashkillashtirish uchun lider harbiy xizmatchilar kasbiy-shaxsiy tuzilmasiga ijtimoiy intellekt, kasbiy bilimdonlik, innovatsion yaratuvchanlik, mas’uliyatlilik va nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish kabi psixologik komponentlarni singdirish asosida “Zamonaviy lider harbiy xizmatchining psixologik qiyofasi”ni  tavsiflash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy xizmatchilarda liderlik sifatlari shakllanishining psixologik jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
asab tizimida kuchli qo‘zg‘alishi bo‘lgan harbiy xizmatchilar tez qaror qabul qilishi, shaxslararo ziddiyatlarni zudlik bilan hal etishga asoslangan o‘zining individual shaxslararo munosabat uslubiga tayanishi  sababli harbiy jamoada ijtimoiy mavqega va e’tirofga ega bo‘lishi dalillanganligiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining O‘quv dasturlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 22 fevraldagi 1/2/068-son Direktivasining 3-bandi). Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarda xizmat olib borayotgan serjantlar toifasidagi harbiy xizmatchilar bilan Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini uslubiy ta’minoti kuchayishiga erishilgan;
strategik tafakkur, ruhlantiruvchi, analitik, tashkilotchilik xususiyatlari ta’sirida harbiy xizmatchilar funksional majburiyatlarini bajarish jarayonida dadillikni, uzoqni ko‘ra olish, qo‘l ostidagilarni maqsadga etaklovchilik xususiyatlarning shakllantirishi vizioner yetakchiga xos sifatlar ekanligi asoslanganiga oid natijalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 2 yanvardagi 02-son Direktivasining 4-bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi kursantlar bilan o‘tkaziladigan liderlik sifatlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning uslubiy ta’minoti boyishiga xizmat qilgan;
xizmat lavozimiga yangi tayinlangan kichik komandirlarning xizmat faoliyatini boshlang‘ich davrida topshiriqlarni ijro etilishida tizimli yondashuvga tayanishi sababli jangovar ko‘rsatmalarni samarali va so‘zsiz bajarilishiga to‘siq bo‘luvchi “hissiy beqarorlik”, “tortinchoqlik”, “tobelik”, “o‘ziga ishonmaslik” kabi psixologik xususiyatlarning salbiy ta’sir etishi aniqlanganligiga oid natijalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kasbiy tanlov markazining faoliyatiga tatbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 4-bandi). Bu esa, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okruglari boshqaruv apparatlari Kasbiy saralash bo‘limlari tomonidan bo‘lajak harbiy xizmatchi nomzodlarni psixologik kasbiy saralash bo‘yicha psixologik metodikalar jamlanmasining ilmiy-uslubiy ta’minoti kuchayishiga erishilgan.
harbiy jamoalarda mustahkam harbiy intizomni saqlash va yakkaboshchilik tamoyilini tashkillashtirish uchun lider harbiy xizmatchilar kasbiy-shaxsiy tuzilmasiga ijtimoiy intellekt, kasbiy bilimdonlik, innovatsion yaratuvchanlik, mas’uliyatlilik va nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish kabi psixologik komponentlarni singdirish asosida “Zamonaviy lider harbiy xizmatchining psixologik qiyofasi”ni tavsiflash takomillashtirilganligiga oid natijalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining harbiy mutaxassislarni tayyorlash amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 2,3 va 8-bandlari). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining Harbiy mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida harbiy rahbarlar bilan o‘tkaziladigan “Liderlik sifatlarini shakllantirish”ga oid mashg‘ulotlarning ilmiy-uslubiy ta’minotini kuchaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish