Mominova Xijran Eldar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim muassasasi psixologining bolalarni maktabga tayyorlashdagi diagnostik va korreksion faoliyatining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P193.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘sqobilovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Samarova Shoxista Rabidjanovna,  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.                                                                     
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat universiteti                                                                              
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi diagnostik va korreksion faoliyati asosida maktabgacha yosh davrida bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini rivojlantiruvchi dastur va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual-psixologik monitoring kartasini tashkil etish  natijasida  MTT psixologi faoliyatidagi bolalar bilan uchraydigan xulq-atvor va xatti-harakati, shaxslararo munosabat, kognitiv jarayonlar bo‘yicha tipik muammolarini ranjirovkalash asosida ularning operativ va optimal aniqlash imkoniyati shakllantirilgan;
MTT psixologi psixokorreksiya tadbirlarining mazmuniy-tashkiliy shart-sharoitlariga interaksiya va qaytar aloqa tendensiyalarini singdirish orqali o‘zaro xulq-atvor va hissiy to‘siqlarni bartaraf etish natijasida  odamovi, tortinchoq, qo‘rqoq va guruhdan ajralib qolgan bolalar bilan ishlash samaradorligi oshganligi aniqlangan;
MTT psixologining psixodiagnostika metodikalarni operatsionallashtirish va verefikatsiyalash tamoyillariga tayanib tatbiq etganligi sababli bolaning xulq-atvorni individual talqin etishda ideografik va intellekti, emotsiyasi, tengdoshlari bilan munosabati sharhlashda nomotetik yondashuvga tayanishi foydali ekanligi isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning  kognitiv xususiyatlari diagnostikasida rasmli testlardan foydalanish natijasida bolalar vizual tasavvurlariga xos xususiyatlarni prognozlash asosida ularning ijtimoiy munosabat ko‘nikmasi, intellekti va kreativlik qobiliyatini aniqlash mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi diagnostik va korreksion foliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
individual-psixologik monitoring kartasini tashkil etish  natijasida MTT psixologi faoliyatidagi bolalar bilan uchraydigan xulq-atvor va xatti-harakati, shaxslararo munosabat, kognitiv jarayonlar bo‘yicha tipik muammolarini ranjirovkalash asosida ularning operativ va optimal aniqlash imkoniyati shakllantirilganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust 44-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya”, “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust 44-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan metodikalar orqali aniqlangan kamchiliklarni amaliyot talablari asosida bolalarning kognitiv, emotsional - irodaviy va xulq atvor sohasini rivojlantirishga erishilgan;
MTT psixologining psixodiagnostika metodikalarni operatsionallashtirish va verefikatsiyalash tamoyillariga tayanib tatbiq etganligi sababli bolaning xulq-atvorni individual talqin etishda ideografik va intellekti, emotsiyasi, tengdoshlari bilan munosabati sharhlashda nomotetik yondashuvga tayanishi foydali ekanligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust 44-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologik treninglar”, “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgust 44-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolani maktabga tayyorgarligini psixodiagnostikasi va korreksiyasini baholashda bolani tayyorgarligini optimallashtiruvchi usul va vositalardan namunalar berildi va ushbu na’munalar tashkilot psixologini bolani maktabga tayyorlashga xizmat qilgan;
MTT psixologining psixodiagnostika metodikalarni operatsionallashtirish va verefikatsiyalash tamoyillariga tayanib tatbiq etganligi sababli bolaning xulq-atvorni individual talqin etishda ideografik va intellekti, emotsiyasi, tengdoshlari bilan munosabati sharhlashda nomotetik yondashuvga tayanishi foydali ekanligi, maktabgacha yoshdagi bolalarning  kognitiv xususiyatlari diagnostikasida rasmli testlardan foydalanish natijasida bolalar vizual tasavvurlariga xos xususiyatlarni prognozlash asosida ularning ijtimoiy munosabat ko‘nikmasi, intellekti va kreativlik qobiliyatini aniqlash mumkinligiga oid natijalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik –pedagogik respublika tashhis markazi (O‘QXYPPRTM)da psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini ta’minlashda va psixologik trening dasturlarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘QXYPPRTMning 2021 yil 27 sentyabrdagi 01/10-27-179-son dalolatnomasi). Natijada, katta yoshdagi tarbiyalanuvchilarning maktabga tayyorgarligini aniqlashda bolani maktabga tayyorlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan Venger va Kern-Yirasek testlariga ko‘ra tadqiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish