Nematov Tulqin Ergashevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddat va me’yorlarini kuzgi rapsning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Jizzax viloyati sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx819.
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ul`masovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Haydarov Bekmurod Do‘siyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi raps navlarini maqbul ekish muddat va me’yorlarini o‘rganish orqali urug‘ hosildorligi va moydorlik darajasini oshirish hamda  ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi rapsning  maqbul ekish muddat va me’yorlarini uning o‘sishi, rivojlanishi va urug‘ hosildorligiga ta’siri aniqlangan; 
    kuzgi rapsning “Yuntai” navida ekish me’yorlarini gektariga   4,0 kg. dan 8,0 kg.gacha oshirilishi amal davrini 2 kundan 4 kungacha, ekish muddatlarini 10 kunga kechiktirish 3 kundan 5 kungacha, 20 kun kechiktirish esa 5 kundan 6 kungacha, “Yasna” navida esa ekish me’yorlarini oshirilishi amal davrini 3 kundan 6 kungacha, ekish muddatlarini 10 kunga kechiktirish 4 kundan 6 kungacha, 20 kun kechiktirish esa 6 kundan 7 kungacha uzayganligi aniqlangan; 
eng yuqori hosildorlik kuzgi rapsni “Yasna” navini erta (20-25.09) muddatda gektariga 2,0 mln/dona, “Yuntai” navini o‘rta (01-05.10) muddatda gektariga 1,5 mln/dona ekilganda kuzatilib, “Yasna” navida 29,2-36,8 s/ga, “Yuntai” navida 26,1-33,0 s/ga bo‘lganligi aniqlangan;
yuqori miqdorda moydorlikka erishish uchun kuzgi rapsning “Yasna” va “Yuntai” navlarini erta muddatda (20-25.09) gektariga 1,5 mln/dona me’yorida ekish hamda erta ekilgan muddatda urug‘dagi moy miqdori o‘rta hamda kech muddatlarda ekilganga nisbatan 2,5–3,3 foizga yuqori va gektaridan moy olish 141,39–286,25 kg/ga ko‘p bo‘lishi isbotlangan; 
    tajribada eng yuqori iqtisodiy samaradorlik “Yasna” navini erta muddatda (20-25.09) gektariga 2,0 mln/dona urug‘ ekilgan variantda aniqlanib,  sof foyda 4552500 so‘m/gani, rentabellik darajasi esa 75,7 % ni tashkil etgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida ekish muddatlari va me’yorlarini kuzgi rapsning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida;
kuzgi rapsning ekish muddati va me’yorlarini qo‘llash yuzasidan fermer xo‘jaliklari uchun «Jizzax viloyati sharoitida kuzgi rapsni etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28-iyundagi №04/35-04/4258- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar va fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
    kuzgi rapsning “Yuntai” va “Yasna” navlari urug‘larini maqbul ekish muddat va me’yorlarda etishtirish texnologiyasi Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 34,0 gektar,  Zafarobod tumanida 30,0 gektar, jami 64,0 gektar maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28-iyundagi №04/35-04/4258- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi raps navlari urug‘larini maqbul ekish muddat va me’yorlarda ekilishi hisobiga 31,0-32,3 s/ga urug‘ hosili olingan;
kuzgi rapsning “Yasna” navini 20-25.09 muddatda gektariga 2,0 mln dona me’yorda etishtirish texnologiyasi Jizzax viloyatining Paxtakor tumani “Zohid Doston”, “Salay ota”, “Paxtakor yulduzi”, “Olim oltin xirmoni” fermer xo‘jaliklari va Zafarobod tumani “Zafarobod yosh fudbo‘lchisi”, “Pistalikent Lolasi”, “Lozud Praduk” fermer xo‘jaliklarida 64,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28-iyundagi №04/35-04/4258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi rapsning “Yasna” navini  20-25.09 muddatda  gektariga 2,0 mln dona  urug‘ ekilganda 31,0–32,3 s/ga urug‘ hosili va undan 1240-1280 kg/ga moy olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish