Axmedov Oybek Turgunpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini shakllantirish va raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt 2498.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03
Rasmiy opponentlar: Boyxanov Baxodir Tursunbaevich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Bexzod Umidjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini shakllantirish va raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlarining raqobatdoshligini determinantlar tizimi asosida bilim va tabiiy resurslari, hayot sifati va mehnat sharoitlarini kompleks ta’minlovchi infratuzilma taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim va ilmiy faoliyat asosida biznes hukumat o‘rtasidagi integratsiyalangan modelini shakllantirish taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini baholash uchun nisbiy eksport raqobatbardoshligi indeksi (NER), nisbiy importning kirib borishi indeksi (NIK) va nisbiy savdo raqobatbardoshligi indeksidan (NSR) foydalanish lozimligi asoslangan;
kichik biznes sub’ektlarining raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish istiqbollarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini shakllantirish va raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes sub’ektlarining raqobatdoshligini determinantlar tizimi asosida bilim va tabiiy resurslari, hayot sifati va mehnat sharoitlarini kompleks ta’minlovchi infratuzilma bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2022 yil 24 avgust “Namangan viloyati hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi VI-25-28-6-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 08/47-10/10-4089-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8728-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bo‘yicha Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tugatish hajmi 2020 yilga nisbatan 11,4 foizga kamayib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 17,3 foizga oshgan;
kichik biznes sub’ektlarining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim va ilmiy faoliyat asosida biznes hukumat o‘rtasidagi interatsiyalangan modelini shakllantirish bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2022 yil 24 avgustdagi “Namangan viloyati hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi VI-25-28-6-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 08/47-10/10-4089-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8728-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlarining innovatsion hamda innovatsion bo‘lmagan korxonalar raqobatbardoshligini baholash imkoniga ega bo‘lib, innovatsion korxonalar raqobatbardoshlik darajasi innovatsion bo‘lmagan korxonalarga nisbatan 19,7 foiz yuqori ekanligi aniqlangan;
kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini baholash uchun nisbiy eksport raqobatbardoshligi indeksi (NER), nisbiy importning kirib borishi indeksi (NIK) va nisbiy savdo raqobatbardoshligi indeksidan (NSR) foydalanish bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2022 yil 24 avgustdagi “Namangan viloyati hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi VI-25-28-6-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 08/47-10/10-4089-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8728-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklar natijasida 2020-2021 yillarda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatgan kichik biznes sub’ektlarini uning hududlari bo‘yicha raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi o‘rtacha 63,4-70,0 foiz ekanligi baholandi hamda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatgan kichik biznes sub’ektlarini tashqi kostyum-shim bozoridagi raqobatbardoshlik darajasi 32,8 foizga tengligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan kichik biznes sub’ektlarining raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish istiqbollarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalari Namangan viloyati hokimining 2022 yil 24 avgustdagi “Namangan viloyati hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi VI-25-28-6-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 08/47-10/10-4089-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8728-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija asosida viloyatda kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirish va raqobatbardoshligini shakllantirish bo‘yicha strategik rejalar tuzishda foydalanilgan.