Anorboev Murodjon Raxmanqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu551.
Ilmiy rahbar: Matmuratov Batir Djoldasovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Go‘zalxon Utkurovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Payziev Dilshat Yuldashbaevich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatining tarkibini kompleks tahlil qilishdan, mazkur jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mazmun va mohiyatini tushunishga nisbatan to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqishdan, unga doir jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llanishi bo‘yicha normativ-huquqiy baza, tergov va sud amaliyotini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sudning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga ishning har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida biron bir shaklda aralashish uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurati asoslangan;
ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning faoliyatiga biron bir shaklda aralashish uchun javobgarlikning kuchaytirilishi zarurati asoslangan;
tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishda jinoyatchi shaxsning muammolari va ushbu jinoyatni sodir etish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va muhokama qilish hamda bu toifadagi jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqish zarurati asoslangan;
tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatiga qarshi kurashish bo‘yicha kriminologik choralar ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishning jinoyat-huquqiy jihatlariga doir masalalarni tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
sudning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga, ishning har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida biron bir shaklda aralashganlik uchun javobgarlikning belgilanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 maydagi PQ–3723-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishga oid 342-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil
28 martdagi 27/2-52-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyati uchun javobgarlik belgilangan normalarning takomillashishiga hamda adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning faoliyatiga biron bir shaklda aralashganlik uchun javobgarlikni belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 maydagi PQ–3723-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishga oid 342-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil
28 martdagi 27/2-52-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olishga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyatning sabablari, jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari, jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar kabi tushunchalar mazmunini ochib berishga qaratilgan ta’riflarga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 1 apreldagi 12/21-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatining sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga hamda jinoyatchilikning barvaqt oldi olinishiga xizmat qilgan;
jinoyatning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy vazifalari sifatida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish, aniqlash va bartaraf etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; jinoyatdan jabrlanuvchini, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan, jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish choralarini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarning jinoyatdan jabrlanish xavfini kamaytirish (viktimologik profilaktika), sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha jamoatchilikda xolis fikrni shakllantirishga oid chora- tadbirlar ishlab chiqish lozimligiga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
10 sentyabrdagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 1 apreldagi 12/21-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyati sodir etgan shaxsning kriminologik jihatlarini aniqlashga xizmat qilgan.