Teshaboev Akbarshox Adxamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy gazdan oqilona foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu429.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Hazratqulov Odilbek Tursunovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy gazdan oqilona foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari asosida fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus vakolatli davlat organiga foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritishga doir vakolatlarni berish, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishga doir ishlarni amalga oshirishi asoslantirilgan;
maxsus vakolatli davlat organining energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishiga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirib borishi zarurligi hamda energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirishi asoslab berilgan;
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida energetika resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llashi zarur ekanligi, shu bilan birgalikda, energiyadan oqilona foydalanish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarishiga doir faoliyatida imtiyozlar berilishi asoslantirilgan;
umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast etkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish masalasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy gazdan oqilona foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus vakolatli davlat organiga foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritishga doir vakolatlarni berish, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” 1997 yil 25 apreldagi 412-I-son Qonuni 111-moddasi ikkinchi qismi o‘ninchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi
04/2-11-61-con dalolatnomasi). Ushbu taklif energiya resurslarining hisobini yuritish orqali energiya manbalarini tejash, energiyaning amaldagi sarfini aniqlash orqali ularni tejashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchilarning o‘z foydalanishida energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirishga targ‘ib etishga xizmat qilgan;
maxsus vakolatli davlat organining energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” 1997 yil 25 apreldagi 412-I-son Qonuni 111-moddasi ikkinchi qismi o‘n to‘rtinchi xatboshisi va 112-moddasi beshinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil
8 fevraldagi 04/2-11-61-con dalolatnomasi). Ushbu taklif energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirishga doir amaliyotning joriy etilishiga xizmat qilgan hamda uning maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshirilishini hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga asoslanishi, ularning energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirilishiga oid yangi huquqiy mexanizmning joriy etilishini ta’minlagan;
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida energetika resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llashi, shuningdek energiyadan oqilona foydalanish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarishiga doir foliyatida imtiyozlar berilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”
1997 yil 25 apreldagi 412-I-son Qonuni 112-moddasi beshinchi xatboshisi va 19-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi 04/2-11-61-con dalolatnomasi). Ushbu taklif energetika resurslaridan (shu jumladan, tabiiy gazdan) eng ko‘p miqdorda foydalanuvchi iste’molchilar – yuridik shaxslarning o‘z faoliyatida energiyani tejashga majbur qiluvchi imperativ normaning qonunchilikda o‘z ifodasini topishiga, shuningdek faoliyati energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarishga asoslangan yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyozlar berilishiga xizmat qilgan;
umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast etkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”  doir taklif “O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi 2015-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi”  kodeksning 101-moddasi birinchi qismi sanksiyasida o‘z ifodasini topgan
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 14 fevraldagi 06/1-05/614-con dalolatnomasi). Ushbu taklif gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast etkazish, ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi xatti harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikning kuchaytirilishiga sabab bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish