Abdurazzoqov Eldor G‘ofirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriy romanlari tilining o‘ziga xos grammatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fi11254.
Ilmiy rahbar: Azimov Inomjon Mamasodikovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sayidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriy romanlaridagi milliy ruhni ifodalab turgan o‘zbek tilining lisoniy birliklarini – grammatik vositalarni tahlil qilish, ijodkorning individual ijodiy manerasiga xos xususiyatlari, tildan foydalanish mahorati, so‘z tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xosliklari, tilning milliy xususiyatlari yuqori darajada aks ettirilganligi hamda har bir til birligining asar muvaffaqiyatidagi hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qodiriy romanlari matnida qo‘llanilgan grammatik vositalarning badiiy matndagi formal-funksional xususiyati, makon va zamon nuqtai nazaridan tadrijiy taraqqiyoti ochib berilgan;
Abdulla Qodiriy romanlari matnida asar muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil va yordamchi so‘zlar hamda grammatik shakllarning qo‘llanish uslubi bugungi adabiy me’rlardan sezilarli farq qilishi aniqlangan;
milliy roman matnida yuksak badiiylik, nutq va muloqot manzaralarini ifoda qilgan sintaktik birliklar hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaktik birliklari nisbatan qiyosiy tadqiq qilingan va to‘liqsiz gaplar o‘zbekona nutq madaniyatini ifoda qilishda faol ishtirok etishi asoslab berilgan.
hozirgi o‘zbek adabiy tilida milliy tilimiz sofligini saqlagan holda so‘z yasalishini yanada rivojlantirish, nutq va muloqot shakllarini takomillashtirish uchun muqobil sifatida ayrim o‘zbekcha so‘zlar, yasovchi affikslar, yasalmalar tanlab olingan va ularni amalda qo‘llash milliy ahamiyatga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriy romanlari tilining o‘ziga xos grammatik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
Abdulla Qodiriy romanlari matnida qo‘llanilgan grammatik vositalarning badiiy matndagi ifoda xususiyati, lisoniy imkoniyatlari makon va zamon nuqtai nazaridan tadqiqiga oid tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 3 iyundagi 1701/119-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy tilning sofligini saqlagan holda so‘z yasalishini yanada rivojlantirish, nutq va muloqot shakllarini takomillashtirish so‘zning konnotativ ma’nolarining mustaqillashishi, yangi so‘zlarning yuzaga kelishida milliy-ma’naviy omillarning ta’siri nazariy jihatdan asoslangan;
matn ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi naql va maqollarda hamda nutq va muloqot manzaralarini ifodalashda to‘liqsiz gaplarning faol ishtirok etishi to‘g‘risidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 3 iyundagi 1701/119-son ma’lumotnomasi). Natijada naql-maqollarning milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari xalq tilining milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligi ochib berilgan;
nutqning ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil va yordamchi so‘zlar hamda grammatik shakllarning qo‘llanishi, muallifning tildan foydalanish mahorati, o‘ziga xos uslub yaratishida lisoniy vositalarning o‘rni va ahamiyati haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat”, “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 noyabrdagi 01-13-1924-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan.