Jumaniyazova Zlixa Reymovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3802.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Maxzuna Tursunovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaeva, pedagogika fanlari doktori (DSs), professor; Hurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSs).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarini Qoraqalpoq xalq o‘yinlari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash o‘z ustida maqsadli ishlash, o‘z o‘zini faollashtirish, ijodiy aloqa o‘rnatish va muloqotda moslashuvchanlik komponentlari bilan syujetli o‘yinlar, tabiatni kuzatish jarayonlarini oddiydan murakkabga qarab idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasi rivojlantiruvchi o‘yin muhitida bolalarning jismoniy va ruhiy sifatlarini va o‘zaro ishonch va hurmat odobini tarbiyalash hamda qiziquvchanligi va intiluvchanligiga ko‘ra ijodkorlik qobiliyati, emoionnallik darajalarini o‘zaro adaptiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni tarbiyalanuvchilar individual sifatlarning ustuvorligi tufayli kommunikativlikning kognitiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishiga mos ravishda rivojlantiruvchi o‘yinlarga jalb qilish, interaktivlik muhitini yaratish hamda didaktik xarakterdagi intensiv muloqotlar samaradorligiga erishish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq o‘yinlari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasining rivojlanganlik darajalari kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan integrativ-didaktik topshiriqlarning tizimli kombinatsiyasini amalda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish mavzusidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarini Qoraqalpoq xalq o‘yinlari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash o‘z ustida maqsadli ishlash, o‘z o‘zini faollashtirish, ijodiy aloqa o‘rnatish va muloqotda moslashuvchanlik komponentlari bilan syujetli o‘yinlar, tabiatni kuzatish jarayonlarini oddiydan murakkabga qarab idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 07-07-4302/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini taxlil etishga imkon yaratilgan.
maktabgacha yoshdagi bolalarning Qoraqalpoq xalq o‘yinlari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasi rivojlantiruvchi o‘yin muhitida bolalarning jismoniy va ruhiy sifatlarini uzluksiz tarbiyalash, o‘zaro ishonch va hurmat odobini tarbiyalash hamda qiziquvchanligi va intiluvchanligiga ko‘ra ijodkorlik qobiliyati va emoionnallik darajalarini o‘zaro adaptiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 07-07-4302/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan.
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni tarbiyalanuvchilar individual sifatlarning ustuvorligi tufayli kommunikativlikning kognitiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishiga mos ravishda rivojlantiruvchi o‘yinlarga jalb qilish, interaktivlik muhitini yaratish hamda didaktik xarakterdagi intensiv muloqotlar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 07-07-4302/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning o‘yin kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillarni takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.
maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq o‘yinlari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasining rivojlanganlik darajalari kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan integrativ-didaktik topshiriqlarning tizimli kombinatsiyasini amalda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 07-07-4302/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotida xalq o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.