Sharapova Gulnoza Valentinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Immunologiya fanini o‘qitish camapadopligini oshipishda elektpon ta’lim pecupclapdan foydalanish metodikacini takomillashtipish (pedagogika oliy ta’lim muaccacalapi micolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped814. 
Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Karaxonova Lobar Musaxonovna, pedagogika fanlari doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida immunologiya fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    immunologiya fanini o‘qitishda talabalarning tahlil va sintez qilish, kreativ, kognitiv fikrlashini va konvergent, divergent tafakkurini rivojlantirish hamda kasbiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslar va mobil ilovalar asosida takomillashtirilgan; 
    inson organizmda  gomeostazni,  buzuvchi ekzogen va endogen omillardan himoya qiladigan murakkab, ko‘p komponentli immun tizimini, yuqumli  kasalliklarga  chidamlilik mexanizmini o‘qitishda vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslarning individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning faolligini oshirish orqali ijodiy  qobiliyati, kreativ  va kognitiv fikrlashi, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tizimli, shaxsga, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlari ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
    oliy ta’limda immunologiya  fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini veb-kvest ta’lim texnologiyasi va elektron ta’lim resurslar, virtual ta’lim texnologiyalari, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini o‘quv bosqichlari hamda kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash, moslash, tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
    oliy ta’lim muassasalarida immunologiya fanidan mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga qaratilgan veb-kvest texnologiyasi asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish va aralash ta’limdan foydalanishga oid vebga moslashtirlgan elektron ta’lim resurslar, virtual ta’lim texnologiyalari va kompyuterning baholovchi dasturiy vositalar hamda ochiq axborot-ta’lim muhiti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida immunologiya fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
immunologiya fanini o‘qitishda talabalarning tahlil va sintez qilish, kreativ, kognitiv fikrlashini va konvergent, divergent tafakkurini rivojlantirish hamda kasbiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslar va mobil ilovalar asosida takomillashtirish hamda inson organizmda  gomeostazni,  buzuvchi ekzogen va endogen omillardan himoya qiladigan murakkab, ko‘p komponentli immun tizimini, yuqumli  kasalliklarga  chidamlilik mexanizmini o‘qitishda vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslarning individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning faolligini oshirish orqali ijodiy qobiliyati, kreativ  va kognitiv fikrlashi, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tizimli, shaxsga, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlari ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Immunologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-049 raqamli guvohnomasi). Natijada, immunologiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda immunologiya  fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini veb-kvest ta’lim texnologiyasi va elektron ta’lim resurslar, virtual ta’lim texnologiyalari, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini o‘quv bosqichlari hamda kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash, moslash, tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biotexnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0767 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif immunologiya faning mashg‘ulotlarini tashkil etish bosqichlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida immunologiya fanidan mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga qaratilgan veb-kvest texnologiyasi asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish va aralash ta’limdan foydalanishga oid vebga moslashtirlgan elektron ta’lim resurslar, virtual ta’lim texnologiyalari va kompyuterning baholovchi dasturiy vositalar hamda ochiq axborot-ta’lim muhiti ishlab chiqishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan I-XT-0-19929-raqamli «Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» mavzusidagi yosh olimlar loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 30 avgustdagi 221-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif talabalarning immunologiya fanidan mustaqil ta’limini tashkil etish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish