Boltaeva Shohida Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gumanitar fakul`tetlarda matematika o‘qitish metodik tizimini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1188.
Ilmiy rahbar: Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professsor; Sodiqov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida matematika o‘qitish metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning matematik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishning kognitiv, motivatsion va refleksiv omillariga ustuvorlik berish, auditoriyada nazariy va amaliy darslarni tashkil etishning metodik ta’minotini pedagogik-dasturiy vositalardan samarali foydalanish orqali oliy ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish metodik tizimini takomillashtirish bosqichlari aniqlashtirilgan;
gumanitar fakul`tetlarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning klasterli modeli uzluksiz ta’lim tizimidagi maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklari tarkibining ta’lim-tarbiya jarayoniga mosligi hamda oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida matematika fanini o‘qitish metodik tizimi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida matematika fanini o‘qitish metodik tizimini takomillashtirishda talabalarning matematikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali rivojlantirishning innovatsion metodlari (“DMC”, “DISCRIBE”, “PROBSIT” “Problem situation - muammoli vaziyat”) va “HUMMATH” texnologiyasini effektiv jihatdan samarali qo‘llash hamda algoritmik xaritani uch bosqichda tuzish asosida tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak gumanitar ixtisosliklari o‘qituvchilarida matematikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanganlik darajasi nostandart topshiriq (boshqotirmalar, testlar, mantiqiy masalalar va h.k.)lar asosida baholangan hamda reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativ mezonlar orqali natijalar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matematika fanini o‘qitish metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida ta’lim jarayonida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida matematika fanini o‘qitish metodik tizimini takomillashtirishda talabalarning matematikaga oid kompetensiya, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning kognitiv, motivatsion va refleksiv omillariga ustuvorlik berish hamda nazariy va amaliy darslarni tashkil etishning metodik ta’minoti pedagogik-dasturiy vositalardan samarali foydalanish orqali matematik kompetensiyalar, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 07 iyuldagi 02/01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika fanini o‘qitishda o‘qituvchilar hamda talabalar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishning metodik yondashuvlari ta’lim jarayonida samarali ekanligi aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakul`tetlarida matematika fanini o‘qitish metodik tizimini takomillashtirishda talabalarning matematikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali rivojlantirishning innovatsion metodlari (“DMC”, “DISCRIBE”, “PROBSIT” - “Problem situation-muammoli vaziyat”) va “HUMMATH” texnologiyasini effektiv jihatdan samarali qo‘llash hamda algoritmik xaritani uch bosqichda tuzish asosida tatbiq etish mexanizmlari takomillashtirish yuzasidan olingan xulosalar “60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)” va “60220400-Arxeologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining “Oliy matematika” fani ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 07 iyuldagi 02/01-01-18-son ma’lumotnomasi). Bu esa matematika fanini o‘qitishda fanning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak gumanitar ixtisosliklari o‘qituvchilarining matematik kompetensiyalari, bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanganlik darajasi nostandart topshiriq (boshqotirmalar, testlar, mantiqiy masalalar va h.k.)lar asosida baholangan hamda reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativ mezonlar asosida natijalar aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 07 iyuldagi 02/01-01-18-son ma’lumotnomasi). O‘z navbatida bu orqali oliy ta’lim muassasalari gumanitar fakul`tetlari talabalariga oliy matematika fanining o‘qitilishi davomida talabalarning matematik ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.