Yusufjonova Nazokat Nig‘madjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiy xalq eposlarini qiyosiy-tipologik yondashuv asosida o‘qitish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2619. 
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik  ilmiy kengash).  
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turkiy xalqlar dostonlarini qiyoslab o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish hamda xalq dostonlarini o‘qitish tizimida mul`timedia majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida xalq dostonlarini o‘qitishdagi murakkabliklar ta’lim o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar misolida aniqlanib, ularni bartaraf etishning ilmiy pedagogik aspektlari aniqlik, to‘liqlik, zamonaviylik, yoshiga moslik, ketma-ketlik, integratsiya kabilar orqali takomillashtirilgan;  
turkiy xalqlar eposlaridagi paralelliklarni qiyoslab o‘qitish o‘quvchilarning nafaqat adabiy tayyorgarligini oshirishi, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi, balki o‘quvchi-yoshlarda etnik ildizlarning umumiyligiga doir tasavvur uyg‘otib, milliy tolerantlik va baynalmilallik tuyg‘ularini shakllantirishning ilmiy asoslangan tizimi ilmiylik, baynalmilallik, qiyosiy tahlil, badiiylik, tushunarlilik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;  
“Ravshan” dostonini o‘qitishga mo‘ljallangan interaktiv mobil qo‘llanma yaratilib, o‘quvchilarning o‘quv faolligini shakllantirish texnologiyalari samarador ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, savol-topshiriqlar, baholash mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
 turkiy xalqlar dostonlarini o‘qitishga qaratilgan elektron darsliklarning metodik bazasi – inter-aktiv.uz  platformasi yaratilib, darslarni elektron moslamalar asosida o‘qitish metodikasi an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillariga ko‘ra mazmunan takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turkiy xalqlar dostonlarini qiyoslab o‘qitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida xalq dostonlarini o‘qitishdagi murakkabliklar ta’lim o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar misolida aniqlanib, ularni bartaraf etishning ilmiy pedagogik aspektlari aniqlik, to‘liqlik, zamonaviylik, yoshiga moslik, ketma-ketlik, integratsiya kabilar orqali takomillashtirilganligi hamda turkiy xalqlar eposlaridagi paralelliklarni qiyoslab o‘qitish o‘quvchilarning nafaqat adabiy tayyorgarligini oshirishi, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi, balki o‘quvchi-yoshlarda etnik ildizlarning umumiyligiga doir tasavvur uyg‘otib, milliy tolerantlik va baynalmilallik tuyg‘ularini shakllantirishning ilmiy asoslangan tizimi ilmiylik, baynalmilallik, qiyosiy tahlil, badiiylik, tushunarlilik tamoyillari asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yilning 8 sentyabrdagi 04/1-2475-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq eposlaridagi mifopoetik tafakkur, motivlar tizimi hamda semantikasi qiyosiy-ruhiy tahlil orqaligina yuzaga chiqishi oydinlashib, xalq dostonlarini qiyoslab o‘qitish mexanizmi takomillashtirilgan;  
“Ravshan” dostonini o‘qitishga mo‘ljallangan interaktiv mobil qo‘llanma yaratilib, o‘quvchilarning o‘quv faolligini shakllantirish texnologiyalari samarador ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, savol-topshiriqlar, baholash mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligi hamda turkiy xalqlar dostonlarini o‘qitishga qaratilgan elektron darsliklarning metodik bazasi – inter-aktiv.uz  platformasi yaratilib, darslarni elektron moslamalar asosida o‘qitish metodikasi an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot”, “Hamma uchun” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 20 maydagi 02-06-705-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teledasturlarning xalqchil, qiziqarli va ommabop  bo‘lishi ta’minlanib, turkiy xalqlarning kelib chiqish tarixi, turmush tarzi va tafakkuridagi o‘xshash jihatlar dostonlarda aks etgani, xalq dostonlarini o‘qitishga doir zamonaviy interaktiv mobil qo‘llanma yaratilgani haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish