Jovliev Baxodir Xasanovichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Badiiy asarda mifopoetik talqin va badiiy obraz (Yozuvchi Nazar Eshonqul asarlari misolida)”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil319.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor inistituti.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jabbor, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor; Tilavov Abdimurod, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fol`klorning yozma adabiyotga ta’siri, uning badiiy asardagi o‘rni va vazifasi, xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek nasri munosabati, fol`klor hamda badiiy ijod, fol`klor an’analarining inson kamolotiga ta’siri, badiiy adabiyotda mifopoetik talqin masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek adabiyoti hikoya janrida qo‘llanilgan mifologik obraz va syujetlar asarlar mazmuni hamda talqinini boyitgani dalillangan;
jahon adabiyoti tendensiyalarining milliy adabiyotga ta’sir bilan yuzaga kelayotgan mif-roman, mif-hikoya kabi yangi ilmiy yo‘nalishlarni milliy adabiyotshunoslikda o‘rganish vazifalari aniqlangan;
dunyo postmodernizm adabiyotidagi «muallif o‘limi» konsepsiyasi milliy adabiyotshunosligimizda yaratilgan mif-hikoya janridagi mif obraz va syujet paralelizimida isbotlangan;
Nazar Eshonqul XX asr dunyo adabiyotiga xos bo‘lgan mifologizmni milliy adabiyotga mifologik obraz va syujetlardan mahorat bilan foydalanib sintez qila olgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarda mifopoetik talqin va badiiy obraz mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
fol`klor va yozma adabiyot munosabati, mifning zamonaviy talqiniga bog‘liq tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-A1-47-son «Fol`klorshunoslik atamalari lug‘ati» (2017–2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha hamda OT-F1-76-son «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari» mavzusidagi fundamental loyihalari doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2021 yil 15 sentyabrdagi 3/1255-2501-son Ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek adabiyoti hikoya janrida qo‘llanilgan mifologik obraz va syujetlar asar mazmuni hamda talqinini boyitgani dalillangan, shuningdek jahon adabiyoti tendensiyalarining milliy adabiyotga ta’sir bilan yuzaga kelayotgan mif-roman, mif-hikoya kabi yangi ilmiy yo‘nalishlarni milliy adabiyotshunoslikda o‘rganish vazifalari aniqlangan;
fol`klor va yozma adabiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning izchil rivojida xalq og‘zaki ijodiyotining syujet va obrazlari yangi badiiy matndan joy olishi va fol`klorizmlarni yuzaga keltirishi ochib berilgan ma’lumotlardan PZ-20170927147- “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/1-3294-son ma’lumotnomasi). Natijada mifologik obrazlarning yozma adabiyotga ko‘chishi badiiy asar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlari, shuningdek, folklorizmlarning badiiy matndagi o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy matnda mifologik motivlarning badiiy-estetik funksiyalarini yoritishga doir nazariy xulosalar olish imkoniyati yaratilgan;
oddiy va murakkab fol`klorizmlar, ularning badiiy matn uslubiy bo‘yoqdorligini oshirishdagi o‘rni va vazifasi xususidagi nazariy qarashlarni badiiy uslubdagi matnlar aspektida qiyoslangan xulosalardan O‘zbekiston tarixi telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 23 noyabrdagi 0628-/989-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy adabiyotimizda yaratilayotgan yangi yo‘nalishdagi hikoyalar tilidagi majoziy-ramziylikka qurilgan asarlarni mifologik talqinda o‘rganish tasnifi ishlab chiqilib, ilmiy xulosalari ko‘rsatuv mazmunini ochib berishga xizmat qilgan;
badiiy matnda mifologik motivlarning badiiy-estetik funksiyalarini yoritishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining ma’naviyat targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 1 dekabrdagi 01-03/1531-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyo adabiy jarayonida kechayotgan adabiy-falsafiy an’analar yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalari asosida milliy adabiyotga muvaffaqiyatli olib kirilayotgani dalillangan ma’lumotlar asosida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga erishilgan.