Qudratova Zebo Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda atipik mikroflora etiologiyali obstruktiv bronxitlarning klinik-immunologik kechish xususiyatlari», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1829.
Ilmiy raxbar: Muxamadieva Lola Atamuradovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi atipik etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxitga chalingan bolalarda klinik-immunologik kechish xususiyatlari va differensial diagnostik mezonlarini aniklash orkali kasallikning diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘tkir obstruktiv bronxit bilan kasallangan bolalarning 24,7% da atipik mikroflora etiologik omil ekanligi aniqlangan;
atipik mikroflorali o‘tkir obstruktiv bronxitga chalingan bolalarda fon kasalliklari anemiya-94,4%, raxit va vitamin D etishmovchiligi-52,2%, gijjalar invaziyasi -70%, xamda og‘irlashgan perinatal anamnez: onada anemiya, homiladorlar qusishi, onada aniqlangan xlamidiya va mikoplazma infeksiyasi, homila tushish xavfi kabi xavf omillari mavjudligi aniqlangan;
o‘tkir obstruktiv bronxiti bo‘lgan bolalarda miks infeksiyaning uchrashi immun tizimidagi buzilishlar IgE ning 3 baravar oshishi va qonda IL-1ß 1,9 marta, IL-6 2,1 marta, IL-8 2 marta, INF-γ 1,4 marta oshishi sababli kelib chiqishi isbotlangan;
ilk bor mikoplazma va xlamidiya etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxitda an’anaviy davo usuliga antibitikoterapiya bilan birgalikda immunomodulyator galavitni qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bolalarda atipik mikroflora etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxitni prognozlash, tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
atipik mikroflora etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxitni o‘z vaqtida tashxislash va bolalarda kasallik asoratlarining oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Atipik mikroflorali bolalarda o‘tkir obstruktiv bronxit kechishining klinik va immunologik xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 maydagi 8n-r/434-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma atipik mikroflora etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxitda diagnostika usullarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
atipik mikroflorali o‘tkir obstruktiv bronxit bilan kasallangan bolalarni etiopatogenetik samarali davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Atipik mikroflorasi bo‘lgan bolalarda o‘tkir obstruktiv bronxitni davolash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlagan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 maydagi 8n-r/433-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma atipik mikroflorali o‘tkir obstruktiv bronxiti bor bolalarda davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
atipik mikroflora etiologiyali o‘tkir obstruktiv bronxiti bo‘lgan bolalarni tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shishilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik klinikasi, Oqdaryo tibbiyot birlashmasining bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 sentyabr`dagi 8n-z/480-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi o‘tkir obstruktiv bronxit bilan og‘rigan bolalarda atipik mikroflorani o‘z vaqtida tashxislash, davolash, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish, asoratlarining oldini olish, qaytalanishlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan.