Abilova Gulbaxor Jalgasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Musiqa ta’limi yo‘nalishida informatikani o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped147.
Ilmiy maslahatchi: Abduqodirov Abduqahhor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Karimbergen Qadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ashirova Anargul Ismoilovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun musiqa ta’limi yo‘nalishida informatika o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv kursining mazmuni kasbiy yo‘naltirilgan va o‘quv jarayonini jadallashtirishga qaratilgan tuzilmasi talabalarning kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
musiqa ta’limida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ijodiy salohiyatni rivojlantiruvchi elektron axborot resurslari, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan integratsiyalashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti o‘zini o‘zi rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
Sibelius dasturi asosida ishlab chiqilgan “Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash” o‘quv kursining mazmuni talabalarning tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan motivatsion faoliyati va baholash mezonlarining parametrlari adaptatsiya shartlari asosida takomillashtirilgan;
musiqa ta’limida kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan didaktik ta’minoti mazmuni kasbiy yo‘nalishga ustuvorlik berish asosida optimallashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Musiqa ta’limi yo‘nalishida informatikani o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
musiqa ta’limi yo‘nalishida “Informatika va axborot texnologiyalari” kursi mazmuniga Sibelius musiqiy kompyuter dasturini qo‘llash oliy ta’lim muassasasida pedagogika sohasi uchun tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti va malakaviy talablar mazmuniga sindirilgan (“O‘zstandart” agentligi tomonidan O‘z.DSt 36.1998:2015 raqam bilan ro‘yxatga olingan) va amaliyotga joriy qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 iyuldagi 89-03-1386-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilariga “Informatika va axborot texnologiyalari” takomillashtirilgan kursi asosida bilim darajalarini oshirishga xizmat etgan;
yangi “Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash” kursi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgust №603 buyrug‘i bilan 2017/18 o‘quv yili uchun musiqa yo‘nalishi o‘quv rejasining IV – Tanlov fanlari blokiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 iyuldagi 89-03-1386-son ma’lumotnomasi) Natijada talabalarning “Informatika va axborot texnologiyalari” kursidan bilim darajalari hamda musiqiy elektron dasturlardan foydalanish ko‘nikmalari rivojlangan;
“Musiqada axborot texnologiyalari” nomli qo‘llanma (28.11.2012 y.; №3) musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalariga “Informatika va axborot texnologiyalari” kursida musiqiy kompyuter amaliy dasturdan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining o‘z kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga erishilgan.