Nabiev Elyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari”, 07.00.03. – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar964.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Murodulla, tarix fanlari nomzodi, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor; Mirzaev G‘ulom Rizoqulovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya Respublikasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiyada modernizatsiyaga urinishlar bir necha bor amalga oshirilgan, ayniqsa 1908 yilgi «Yosh turklar» inqilobi bilan bog‘liq modernizatsiyaning dastlabki urinishlari Usmoniylar imperiyasining siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy tizimlarini ichki qayta qurishga olib kelganligi, Usmoniylar modernizatsiyasi jarayonida usmoniylik, liberalizm, islomchilik, turkiylik tushunchalari o‘rtasida kurash ketganligi, bular modernizatsiya jarayonlarining amalga oshirilishiga to‘siqlik qilganligi dalillangan;
Mustafo Kamol Otaturk rahbarligida amalga oshirilgan modernizatsiya Turkiya qiyofasini butunlay o‘zgartirib, uni zamonaviy kapitalistik davlatga aylantirgani, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, yangi sanoat tarmoqlarini yaratish va eski tarmoqlarni kengaytirilishi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘payishiga olib kelgani, Turkiyaning tashqi bozorga qaramligini pasaytirgani, muhim ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelgani, natijada jamiyat qiyofasini tamoman o‘zgartirib, mamlakat taraqqiyoti va farovonligini ta’minlashda o‘z samarasini berganligi asoslab berilgan;
Mustafo Kamol Otaturk hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, iqtisodiy strategiyaning muvaffaqiyati er islohoti, kredit kooperativlarini tashkil etish, fermerlar malakasini oshirish, ularni ekish unsurlari bilan ta’minlash, tajriba xo‘jaliklarini rivojlantirishda shaxsiy nazorat tizimining ratsionalligiga proporsional bog‘liqligi dalillingan;
Turkiyada milliy siyosatning xususiyatlari va ilg‘or Evropa tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida uzoq muddatli siyosiy taraqqiyot doirasida o‘zining takror ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatgan siyosiy modernizatsiyaning o‘ziga xos «turk modeli» yaratilganligi nafaqat davlat dasturlari, balki mintaqaviy hamkorlik doirasida ham amalga oshirilganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy ishlar natijalari asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Tuurkiyada modernizatsiyaga urinishlar bir necha bor amalga oshirilganligi, 1908 yilgi «Yosh turklar» inqilobi bilan bog‘liq modernizatsiyaning dastlabki urinishlar Usmoniylar imperiyasining siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy tizimlarini ichki qayta qurishga olib kelinganligi, Usmoniylar modernizatsiyasi jarayonida usmoniylik, liberalizm, islomchilik, turkiylik tushunchalari o‘rtasida tafovut modernizatsiya jarayonlarining amalga oshirilishiga qat’iy to‘siqlik qilganligini dalillashga oid ma’lumotlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 1 noyabrdagi 329-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turk jamiyatini modernizatsiya qilish aspektlarini tahlil qilishga erishilgan;
Mustafo Kamol Otaturk rahbarligida amalga oshirilgan modernizatsiya Turkiya qiyofasini butunlay o‘zgartirib, uni zamonaviy kapitalistik davlatga aylantirganligi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, yangi sanoat tarmoqlarini yaratish va eski tarmoqlarni kengaytirishning mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirilishi pirovardda, Turkiyaning tashqi bozorga qaramligini pasaytirgani, hamda mamlakat taraqqiyoti va farovonligini ta’minlashda o‘z samarasini berganligi asoslab berishga doir tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Aslida qanday?..”, “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 19 oktyabrdagi 01-02-1767-son ma’lumotnomasi). Natijada 1918-1923 yillardagi milliy ozodlik harakatlari, Turkiya Respublikasining tashkil topishi, Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari jarayonini xolis interpretatsiya qilish hamda ushbu teleko‘rsatuvlar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, shuningdek, ularning ilmiy-ommabopligini ta’minlashda xizmat qilgan;
Turkiyada milliy siyosatning xususiyatlari va ilg‘or Evropa tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida uzoq muddatli siyosiy taraqqiyot doirasida o‘zining takror ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatgan siyosiy modernizatsiyaning o‘ziga xos «turk modeli» yaratilganligi nafaqat davlat dasturlari, balki mintaqaviy hamkorlik doirasida ham amalga oshirilganligi asoslab berishga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022 yil 07 noyabrdagi 4-13-23-3712-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar Turkiya rivojlanish xususiyatlari va tashqi iqtisodiy faoliyati tendensiyalarini yoritishga hamda keng xalq ommasini Turiya tarixi, madaniyati va o‘zaro hamkorligi hamda turizm salohiyatiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan.