Usmonov Sherzod Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalardagi aqliy qobiliyatlar ularning kasbiy muvaffaqiyatining asosi sifatida», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P103.
Ilmiy rahbar: Qodirov Botir Raxmonqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Djolimbetova Miyo‘agul Madiyarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqliy qobiliyati rivojlangan talabalarni tanlab olish va kasbiy muvaffaqiyatlarini ta’minlash orqali oliy ta’lim tizimini yuqori salohiyatli kadrlar bilan ta’minlanishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
iqtidorli talabalarni tanlashning guruhdagi intellektual liderlik mavqeini belgilashga ta’siri natijasida verbal va noverbal intelektning rivojlanishida amaliy-intellektual hislarga ustuvorlik berish orqali analitik tafakkurning shakllanishi isbotlangan;
talabalik davrida aqliy qobiliyatlarni rivojlanishi, ayollarda verbal intellekt faollikni, erkaklarda proektiv, analitik tafakkurni shaxs motivatsion sohasida ustuvor shakllanishi tufayli, gender harakterga ega ekanligi dalillandi;
talabalardagi aqliy qobiliyatlarning yuksak darajada rivojlanishi muloqatchanlik, faollik, analitik tafakkur, me’yoriy xavotirlanish bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, ikkinchi signallar tizimining ustuvor shakllanishi bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
qobiliyatli talabalardagi ilmiy faoliyatga yo‘nalganlikning darajaviy ifodalnishi divergent tafakkurning kreativlik komponentini mustaqil, ijodiy, tanqidiy tafakkur bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, verbal intellektning rivojlanishiga integrativ ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot globallashuv jarayonining o‘spirinlar dunyoqarashidagi salbiy o‘zgarishlar psixodiagnostikasi va korreksiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
iqtidorli talabalarni tanlashning guruhdagi intellektual liderlik mavqeini belgilashga ta’siri natijasida, verbal va noverbal intelektning rivojlanishi uchun, amaliy-intellektual hislarga ustuvorlik berish orqali analitik tafakkurning shakllanishi isbotlanishiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi   PM-23-son  buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» fanining o‘quv moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 12 dekabrdagi PM-23-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari psixologlari, psixologiya fanlari bo‘yicha dars beradigan professor-o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
talabalik davrida aqliy qobiliyatlarni rivojlanishi, ayollarda verbal intellekt faollikni, erkaklarda proektiv, analitik tafakkurni shaxs motivatsion sohasida ustuvor shakllanishi tufayli, gender harakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi   PM-23-son buyrug‘iga asosan «Pedagogik psixologiya» fanining o‘quv moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 12 dekabrdagi   PM-23-m-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida psixolog kadrlarning iqtidorli talabalar bilan ishlash uchun zarur uslubiy texnologik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
talabalardagi aqliy qobiliyatlarning yuksak darajada rivojlanishi muloqatchanlik, faollik, analitik tafakkur, me’yoriy xavotirlanish bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, ikkinchi signallar tizimining ustuvor shakllanishi bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillanganligiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi   PM-23-son buyrug‘iga asosan «Psixodiagnostika» fanining o‘quv moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 12 dekabrdagi PM-23-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ta’minot takomillashtirilib, ularning amaliy-kasbiy tayyorgarliklari sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan;
qobiliyatli talabalardagi ilmiy faoliyatga yo‘nalganlikning darajaviy ifodalanishi divergent tafakkurning kreativlik komponentini mustaqil, ijodiy, tanqidiy tafakkur bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli, verbal intellektning rivojlanishiga  integrativ ta’sir etishi isbotlanganligiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7 dekabrdagi   PM-23-son buyrug‘iga asosan «Psixologik trening» fanining o‘quv moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 12 dekabrdagi PM-23-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ta’minot takomillashtirilib, ularning amaliy-kasbiy tayyorgarliklari sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish