Ibragimov Manuchexr Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali futbolchi ayollarni yillik siklda tayyorlashda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning pedagogik jihatlari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.RhD/Ped1022.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Bobirbek Ilxomjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori professor; Talipdjanov Askar Imamdjanovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali ayol futbolchilarning yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali ayollar futbol jamoalari uchun yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulot yuklamalarini yo‘nalishi (aerob, aerob-anaerob, anaerob-glikolitik, anaerob-alaktat, anabolik) bo‘yicha umumiy tayyorgarlik davrida chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yuklama hajmini eng katta, aralash ish hajmini eng kichik nisbatda taqsimlash hisobiga funksional tayyorgarlikni poydevori takomillashtirilgan;
yuqori malakali ayol futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlashda harakatning koordinatsion murakkablik darajasidan kelib chiqib ixtisoslashgan yuklama shiddatini haftalik mikrotsikllar vazifalari bo‘yicha belgilab berish hisobiga maxsus tayyorgarligi optimallashtirilgan;
yuqori malakali ayol futbolchilarning musobaqa davridagi tezkor-kuch sifatlarini oshirish uchun “Chastota bo‘yicha mashqlar majmuasi”ni (qisqa vaqt ichida yuqori shiddatda bajariladigan) mashg‘ulotga kiritish hisobiga maxsus harakat tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘tish davrida haftalik siklda organizmni keyingi musobaqalarga tayyorlash uchun futbol mashg‘uloti singari yuqori texnik-taktik harakat imkoniyatlarini saqlab qolishga qaratilgan sport o‘yinlaridagi elementlarni futbolchilarni qayta tiklash sikliga kiritish hisobiga yuklamalarga bo‘lgan bardoshliligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali ayol futbolchilarning yillik tayyorgarlik siklidagi mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish va musobaqa davrida qo‘llaniladigan dasturlarni pedagogik asoslash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori malakali ayollar futbol jamoalari uchun yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulot yuklamalarini yo‘nalishi (aerob, aerob-anaerob, anaerob-glikolitik, anaerob-alaktat, anabolik) bo‘yicha umumiy tayyorgarlik davrida chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yuklama hajmini eng katta, aralash ish hajmini eng kichik nisbatda taqsimlash hisobiga funksional tayyorgarlikni poydevori takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” (Futbol) nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-068 raqamli guvohnoma). Natijada yuqori malakali ayol futbolchilarning yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulot yuklamalari hajmi me’yorlanib, olingan natijalarni qayta ishlab chiqishda samaradorligi 10% ga oshishiga erishilgan;
yuqori malakali ayol futbolchilarni maxsus tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlashning koordinatsion murakkabligi darajasidan kelib chiqib ixtisoslashgan yuklama shiddatini vazifalari bo‘yicha belgilab berish hisobiga haftalik mikrotsikllar “Buxoro-W” professional futbol klubi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi 03-17-02/8433-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali ayol futbolchilarning yillik sikldagi jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 9,6% ga yaxshilangan;
yuqori malakali ayol futbolchilarning musobaqa davridagi tezkor-kuch sifatlarini oshirish uchun “Chastota bo‘yicha mashqlar majmuasi”ni (qisqa vaqt ichida yuqori shiddatda bajariladigan) mashg‘ulotga kiritish hisobiga maxsus harakat tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Buxoro-W» professional futbol klubi sportchilari mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8-oktyabrdagi 03-17-02/8433-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning texnik-taktik harakatlarni amalga oshirish aniqligi to‘p uzatishda – 11,7%, to‘pni olib qo‘yish va olib yurishda – 25,5%, darvozaga zarba berish va to‘pni ilib ketishda – 22,8%, to‘p uchun havoda yakkama-yakka kurashlarda 39,8% ga yaxshilanib, yuqori malakali futbolchi ayollarda texnik-taktik harakatlar samarali o‘zlashtirilgan;
o‘tish davrida haftalik siklda organizmni keyingi musobaqalarga tayyorlash uchun futbol mashg‘uloti singari yuqori texnik-taktik harakat imkoniyatlarini saqlab qolishga qaratilgan sport o‘yin elementlari futbolchilarni qayta tiklash sikliga kiritish hisobiga yuklamalarga bardoshliligini oshirish imkoniyati bo‘yicha dastur «Buxoro-W» professional futbolchi ayollarning yillik tayyorgarlik siklida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8-oktyabrdagi 03-17-02/8433-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchi ayollarning sport natijalari 11% ga yaxshilangan.