Axmedov Murod Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqaviy o‘ziga hosliklarni hisobga olgan holda yuqori texnologik kardiologik yordamni takomillashtirishning tashkiliy jihatlari (Navoiy viloyati misolida)» 14.00.06 - Kardiologiya, 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib581.
Ilmiy maslaxatchilar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Moldaliev Ikilas Suyndikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Kardiologiya” Respublika ilmiy-amaliy markazi (Belarus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chekka hududlar aholisiga sog‘liqni saqlash tizimining turli darajalarida yuqori texnologiyali kardiologik tibbiy yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlariga bo‘lgan yondashuvlarni optimallashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish orqali yurak-qon tomir kasalliklarini erta tashxislash hamda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallanish ko‘rsatkichlari, yosh, klinik ko‘rinishlarning davomiyligi va og‘irligiga, shuningdek, kardiologik yordamning tibbiy-diagnostik ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq holda qon aylanish tizimi kasalliklarini birlamchi aniqlanishining tibbiy-ijtimoiy xususiyatlariga aniqlangan;
aholining tibbiy savodxonligining pastligi va ularning o‘z salomatligiga nisbatan e’tiborsizligi, shuningdek, birlamchi tibbiy yordam shifokorlari tomonidan kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash darajasi pastligi qon aylanish tizimi kasalliklarining asoratlangan shakllarini kech aniqlanishining asosiy sabablari ekanligi asoslangan;
bemor bilan masofadan aloqa qilish uchun mobil ilovalardan foydalanish hamda kardiogen shok va shoshilinch yurak reanimatsiyasini talab qiladigan boshqa og‘ir asoratlar chastotasining kamayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
yuqori texnologik kardiologik xizmatni kardiolog va yuqori texnologik yordam ko‘rsatadigan mutaxassislar bilan ta’minlaganligini xisobga olgan xolda qayta ko‘rib chikish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amaliy sog‘liqni saqlashning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori texnologiyali kardiologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning tashkiliy jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yurak-qon tomir kasalliklarini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yurak-qon tomir kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni yo‘naltirish algoritmi (Navoiy viloyati misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 08-33574-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni saralash, yo‘naltirish va shifoxonaga yotqizish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
telemedisina texnologiyalari yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Telemedisina texnologiyalari yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni saralash bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 08-33574-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar chekka hududlarda istiqomat qiluvchi va kardiojarrohlik yordami ko‘rsatilishiga muhtoj bemorlarni saralash uchun birlamchi davolash-profilaktika muassasalari amaliyotida telemedisinadan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi va ixtisoslashtirilgan bo‘g‘inlari o‘rtasida integratsiyani amalga oshirish imkonini bergan;
hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda yuqori texnologiyali kardiologik yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 8n-33574-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi yurak-qon tomir kasalliklarini erta tashxislash samaradorligini oshirish, asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytirish, yuqori texnologiyali kardiologik yordam ko‘rsatish izchilligi va sifatini optimallashtirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish