Alpanova Shirin Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nutqiy faoliyat jarayonidagi ruhiy holatlarning o‘zbek tilining turli sath birliklari vositasida aks etishi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil381.
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Mamadalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilhom Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: nutq(matn)ning yaratilishi va idrok jarayonini tadqiq etish, kommunikatsiya jarayonidagi sub’ektiv bahoning o‘zgarib turishi ruhiyat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish, muloqotda bevosita ishtirok etuvchi lingvistik birliklarni psixolingvistik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqning yaratilishi, produsient va resipient munosabati psixolingvistik nutqiy tafakkur hodisasi sifatida ilk bor tahlil etilgan;
psixolingvistika fanining tarixi va taraqqiyoti haqidagi fikrlar umumlashtirilib, uning o‘zbek tilshunosligidagi mavqei belgilangan;
turli vaziyatlarning so‘z orqali ifodalanishi matn mazmuniga va matn ortidagi reallikka mosligi ko‘rsatilgan;
lisoniy vositalarning ijobiy yoki salbiy sub’ektiv munosabatni ifodalashdagi roli aniqlangan;
produsient va resipient o‘rtasidagi munosabat, produsient va matn, resipient va matn o‘rtasidagi munosabatning ruhiyat bilan uyg‘unligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nutqiy faoliyat jarayonidagi ruhiy holatlarning o‘zbek tilining turli sath birliklari vositasida aks etishi asosida olingan natijalar quyidagilarda joriylangan:
nutqning yaratilishi va idrok jarayoni, ob’ektiv borliqqa sub’ektiv-hissiy munosabat, sub’ektiv bahoning tilning turli sath birliklari vositasida aks etishi haqidagi nazariy xulosalar 2012–2014 yillarda bajarilgan ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” davlat amaliy granti loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-21-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida badiiy asar tilini psixolingvistik tahlil qilishga erishilgan;
so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat, so‘zlovchi va matn, tinglovchi va matn o‘rtasidagi munosabatning ruhiyat bilan uyg‘unligiga oid xulosalar A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” davlat amaliy grantida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 89-03-21-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida o‘smir yoshidagi o‘quvchilar bilan ishonchli muloqot o‘rnatishda psixolingvistik yondashuv joriy etilgan;
ommaviy axborot vositalarida kommunikatsiyaning psixolingvistik jihatlari haqidagi xulosalar Andijon viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Munosabat”, “Kun mavzusi” nomli ko‘rsatuvlar va “Andijon radiosi”ning “Ma’naviyat sarchashmalari”, “Bugunning gapi” nomli eshittirishlarida foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 29 yanvardagi 19-23/29-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirish materiallari yangicha qarashlar bilan mazmunan boyitilgan.