Xodjimetova Shaxnoza Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishining molekulyar genetik jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.09 – Pediatriya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1795.
Ilmiy rahbarlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmankulova Zuxra Jandarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Abdujabarova Zul`fiya Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tashkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishining klinik-immunologik va molekulyar genetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 3-darajali gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishi perinatal xavf omillari (eklampsiya, xomilani  tushib qolish tahdidi, fetoplatsentar etishmovchilik, yo‘ldoshni avval ko‘chishi, kindik o‘qini o‘ralishi) va onaning kasalliklari (anemiya, TORCH-infeksiya, COVID-19) bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning o‘tkir davrida umumiy so‘nish dominantligi, og‘ir xolatlarida esa talvasa sindromi, gipertenzion-gidrotsefallik sindrom, miya shishi, ventrikulomegaliyaning  paydo bo‘lishi salbiy prognostik omil ekanligi isbotlangan;
ilk bor gipoksik-ishemik ensefalopatiyali yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kindik  va venoz qondagi yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (IL-1β, TNFα va IL-10) miqdorlarining sog‘lom chaqaloqlarga nisbatan ishonarli yuqoriligi yallig‘lanish faolligi kuchayishi va neyrozararlanish rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda IL-1-511T/C  T va T/T xamda TNF-α -308(G/A) A va G/A allel va genotiplarining uchrashi og‘ir miya ishemiyasining rivojlanishida salbiy prognostik omil, aksincha, shu genlarning S alleli va GG genotipining uchrashi gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishiga rezistentlik  omillaridan ekanligi isbotlangan;
ilk bor gipoksik-ishemik ensefalopatiyada IL-10 G-1082A (rs1800896) genining polimorf allellari va genotiplari taqsimlanishida GA genotipi uchrashi darajasining ortishi, kasallikning og‘ir shakli rivojlanishiga, aksincha, GG genotipi esa kasallikka rezistentlik rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi tug‘ilgan aqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishining molekulyar genetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya shakllanishini prognozlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda turli darajadagi gipoksik-ishemik ensefalopatiya shakllanishining prognostik xavf omillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 8n-z/195-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya shakllanish xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga  xizmat qilgan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya rivojlanishining molekulyar genetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi va Buxoro viloyati perinatal markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 08-37849-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiyani rivojlanish xavfini immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida erta tashhislash va oldini olish, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktika¬sini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirish xamda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish