Ruzmetov Abrorbek Xamidjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidroksibenzoy kislotasining izomerlari va monoetanolamin asosidagi yangi metall komplekslarning sintezi, tuzilishi va biologik xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/K548.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Olimjon Toxirovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Co (II), Ni (II) va Cu (II), Zn ning o-, m-, p-gidroksibenzoy kislotalari va monoetanolamin asosidagi koordinatsion birikmalarini sintez qilish, molekulyar va kristall tuzilishini hamda fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o-, m-, p-gidroksibenzoy kislotalari hamda monoetanolamin ishtirokida Co(II), Ni(II) Cu(II) va Zn bilan 10 ta kompleks birikmalari olindi. RTT yordamida ularning molekulyar va kristall tuzilishlari, tarkibi, energiyalari aniqlandi. Ulardan 2 ta birikmalarning tuzilish ma’lumotlari Kembrij kristallografik tuzilishlar ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi;  
rentgen-tuzilish, IQ-spektroskopiya, differensial skanerlovchi kalorimetr tekshirish usullari orqali olingan kompleks birikmalarning tuzilishi, tarkibi va xossalari aniqlanib, ulardan [Zn(o-GBK)2(H2O)2] tetraedrik, [Cu2(o-GBK)4(DMFA)2], {[Cu2(o-GBK)2(p-GBK)2(H2O)2]EtOH} {[Cu2(o-GBK)4(H2O)2]}, [Cu(m-GBK)2]DMFA [Cu2(o-GBK)4(H2O)2]DMFA va [Cu(p-GBK)2MEA]H2O tetragonal piramida, [Co2(MEA)3)(H2O)3]SO4 ‧ 2H2O, [Ni(H2O)5(p-GBK)](p-GBK) ∙ 3H2O va [Ni(H2O)6](p-GBK)2 ∙ 2H2O, [Cu(p-GBK)2(MEA)2]  komplekslari oktaedr tuzilishli geometriyalarga ega bo‘lishi aniqlandi; 
ilk bor gidroksibenzoy kislotasining para- va orto-izomeri asosida {[Cu2(o-GBK)2(p-GBK)2(H2O)2]EtOH}{[Cu2(o-GBK)4(H2O)2]} tarkibli aralash-ligandli kompleksi olingan;
ilk bor misning p-GBK va MEA bilan aralash ligandli kompleks birikmasi antimikrob va  paxta hosildorligini oshiruvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
O‘zbekistonda birinchi marta “in siliko” yondashuvi yordamida [Cu(p-GBK)2(MEA)2] tarkibli kompleksining Arabidopsis thaliana o‘simligi auksin reseptori oqsili AtTIR1 bilan bog‘lanishi o‘rganilib, natijalar anoanaviy “in vivo” usul bilan tasdiqlangan;
[Cu(p-GBK)2(MEA)2] hamda [Ni(H2O)6](p-GBK)2 ∙ 2H2O komplekslarida o‘tkazilgan kvant-kimyoviy tahlillar orqali molekulalararo ta’sirlashuv birinchi moddada dispersion kuchlar hisobiga, ikkinchi birikmada esa vodorod bog‘lari orqali amalga oshishini, ya’ni aralash-ligandli kompleksning mustahkamligi kamroq, biroq suvda eruvchanligi yuqoriroq bo‘lishi mumkinligini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
o-, m-, p-gidroksibenzoy kislotalari hamda monoetanolamin ishtirokida ayrim 3d (biometallar) bilan olingan komplekslarni sintezi, kristall tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha qilingan tadqiqot natijalari asosida: 
[Ni(H2O)6](p-GBK)2 ∙ 2H2O, [Cu(p-GBK)2(MEA)2]  larning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/ CCDC depozit raqami №2150902 №2131925). Natijada, ushbu ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sintezlangan birikmalar shu tipdagi yangi koordinatsion birikmalarni olishda, mumkin bo‘lgan bog‘lanish turlarini oldindan aniqlashda hamda tuzilishini tavsiflashda boshqa tadqiqotchilar tomonidan foydalanish imkoniyatini bergan;
sintez qilingan koordinatsion birikmalardan 2017-2020 yillarda O‘zR FA UNKI da bajarilgan №-FA-F7-012 “Polifunksional ta’sirli qator metallarning aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobilyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada tarkibida metall ioni saqlagan komplekslarni sintez qilish, ularning tuzilish va xossalarini aniqlash hamda solishtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 2022 yil 23 noyabrdagi 4/1255-2931-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada aralash ligandli yangi biologik faollikga ega bo‘lgan koordinatsion birikmalar olishda va ularning biologik xossalarini tadqiq qilishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish