Shirinov Shavkat Davlatovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I.  Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish»,  02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T178.

Ilmiy rahbar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: suvda yuqori bo‘kishga ega bo‘lgan gidrogellarni olish texnologiyasini yaratishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta lintini uyuvchi natriyning 15–18 %li eritmasi bilan 45–60 daqiqa merserizatsiyalash va monoxlorsirka kislotaning natriyli tuzi bilan eterifikatsiyalashda, merserizatsiyalash oldidan dimetilsul`foksid bilan bir soat ishlov berish orqali molekulyar massasi va nisbiy qayishqoqligi yuqori bo‘lgan karboksimetilsellyuloza olish usuli yaratilgan (№IAP 05082-2015 y.);

KMS, PAA, sellyuloza va GIPAN – chala gidrolizlangan poliakrilonitrildan bog‘lovchi moddalar formal`degid, EXG, DXG – dixlorgidrin, al`degidlar, mochevina, etilendiamin, paraform,  akril kislota, akrilonitril vaturli tuzlar yordamida  gidrogellarning suvda yuqori darajada bo‘kadigan turlari yaratilgan (№IAP 04582-2012 y.);

olingan gidrogellarning olish texnologik jarayoniga ta’sir etuvchi faktorlari asosida optimal texnologik sharoitlar yaratilgan (№IAP 05082-2015 y.; №IAP 04582-2012 y.);       

yaratilgan gidrogellar 20–25% gacha suvni va ikki barobargacha mineral o‘g‘itlarni tejashi, er osti suvlarini sho‘rlanishini oldini olishi, neftning ulushini 45% gacha oshirishi, samarali quyuqlashtiruvchi va sizot suvlardan izolyasiyalovchi bo‘la olishi isbotlangan (№IAP 05082-2015 y.; №IAP 04582-2012 y.);     

yaratilgan gidrogellarning foydalanish yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan;

mahalliy xomashyolar asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan (№IAP 05082-2015 y.; №IAP 04582-2012 y.);        

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyolar asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

gidrolizlangan poliakrilonitril, karboksimetilsellyuloza asosida olingan bo‘kuvchan gidrogelni olish tarkibi va texnologiyasiga texnik shart «O‘zstandart»  agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 24300267-01:2014 va Ts 22776385-01:2015). Natijada mahsulot sifati va texnologik jarayonini nazorat qilishga imkon bergan;

gidrolizlangan poliakrilonitril, poliakrilamid va karboksimetilsellyuloza asosida yuqori bo‘kuvchi gidrogel olish texnologiyasi «INTERPOLIMER» MChJ, «PIAR» MChJ, «INNOVATIVE ORGANIC POLIYMERS» MChJda joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 9 avgustdagi 01/3-4235/P-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan gidrogellarning qo‘llanilishi 20–25 %gacha mineral o‘g‘itlarni tejash imkonini bergan;

yaratilgan gidrogellar  respublikamizning barcha viloyatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda, bog‘dorchilik va uzumchilikda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 04/29-964-son va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 19 iyuldagi FTA-02-02-352-son ma’lumotnomalari). Natijada yuqori bo‘kuvchi gidrogellarni qishloq xo‘jaligida qo‘llashda 25% suvni iqtisod qilish va hosildorlikni 10–15%  oshirish imkonini bergan;

yaratilgan gidrogellar neft` qazib chiqarishda  «Sho‘rtanneftgaz» UShK NQChX qarashli G‘arbiy Toshli konida ishlab chikarishga joriy etilgan («Oʻzneftgazqazibchiqarish» AJning 2018 yil 2 martdagi 04/17-119J-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` suyuqligi tarkibidagi neftning ulushini 40­–45% gacha oshishirish imkonini bergan;

ishlab chiqarilgan gidrogellar «O‘zstandart» agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan kodlashtirilgan (Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining 2016 yil 30 iyundagi 170p/23-06-16-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan gidrogellarni xorijga sotish imkonini bergan.

V. Ixtiroga patenti.  «Yuqori molekulyar karboksimetilsellyuloza olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05082-2015 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 1 iyuldagi 02-08/1680-son xulosasi;

«Polimerli gidrogel olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga
(№IAP 04582-2012 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 1 iyuldagi 02-08/1681-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish