Babaxalov Norbo‘ta Eshnazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Iqt328.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdug‘afur Karimjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishda tarmoq xususiyatini inobatga olgan holda individuallik tamoyilini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan mustaqil normativ koeffisientlarni kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
xarajatlar hisobini boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo‘lib yuritish orqali xarajatlar hisobi tahlili samaradorligini oshirish, axborotlarning aniqliligini ta’minlash asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olish shartini belgilashda tarmoqda iqtisodiy naf keltirish holatini aniq baholash imkoni mavjud bo‘lmagan yo‘nalishda foydalaniluvchi asosiy vositalar uchun bir yildan ortiq xizmat qilish hamda ishlab chiqarish jarayonida foydalanish shartini kiritish taklif etilgan;
asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish natijasida ularning dastlabki holatdagi ish quvvati tiklangan yoki qo‘shimcha qulaylik yaratilgan holda amalga oshirilgan sarflarni asosiy vosita boshlang‘ich qiymatiga kiritish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahsulot tannarxining oshishi, korxona foydasining o‘sishi hamda foyda solig‘i summasining kamaymasligiga ishonch bo‘lganda foydalanishdagi asosiy vositaga hisoblanayotgan amortizatsiya usulini o‘zgartirish orqali hisob siyosatini takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
temir yo‘l transporti korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishda tarmoq xususiyatini inobatga olgan holda individuallik tamoyilini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan mustaqil normativ koeffisientlarni kiritish asosida hisob siyosatini takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tizimga qarashli korxonalar faoliyatida “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 30 avgustdagi 01/3027-22-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 2/5244-7267-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy tahlilni tashkil etishda sohaning individual xususiyatlari inobatga olinishi va mustaqil normativ koeefisientlar ishlab chiqilishi hamda xususiyatdan kelib chiqib xulosa va qarorlar qabul qilinishi imkoniyati yaratilgan;
xarajatlar hisobini boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo‘lib yuritish orqali xarajatlar hisobi tahlili samaradorligini oshirish, axborotlarning aniqligi ta’minlash asosida hisob siyosatini takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tizimga qarashli korxonalar faoliyatida “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 30 avgustdagi 01/3027-22-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 2/5244-7267-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajatlarni guruhlarga bo‘lib hisobini yuritish orqali xarajatlar hisobi tahlilini amalga oshirish samaradorligi oshishiga, axborotlarning aniqligi ta’minlanishiga olib kelgan;
asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olish shartini belgilashda tarmoqda iqtisodiy naf keltirish holatini aniq baholash imkoni mavjud bo‘lmagan yo‘nalishda foydalaniluvchi asosiy vositalar uchun bir yildan ortiq xizmat qilish hamda ishlab chiqarish jarayonida foydalanish shartini kiritish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tizimga qarashli korxonalar faoliyatida “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 30 avgustdagi 01/3027-22-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 2/5244-7267-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqda aniq iqtisodiy naf keltirmaydigan, biroq ijtimoiy va boshqa maqsadlarda tutib turiladigan asosiy vositalarni tan olish imkoniyati yaratilgan;
asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish natijasida ularning dastlabki holatdagi ish quvvati tiklangan yoki qo‘shimcha qulaylik yaratilgan holda amalga oshirilgan sarflarni asosiy vosita boshlang‘ich qiymatiga kiritish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tizimga qarashli korxonalar faoliyatida “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 30 avgustdagi 01/3027-22-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 2/5244-7267-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida modernizatsiya va rekonstruksiya sarflarini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shish imkoniyati yaratilgan;
mahsulot tannarxining oshishi, korxona foydasining o‘sishi hamda foyda solig‘i summasining kamaymasligiga ishonch bo‘lganda foydalanishdagi asosiy vositaga hisoblanayotgan amortizatsiya usulini o‘zgartirish orqali hisob siyosatini takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tizimga qarashli korxonalar faoliyatida “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 30 avgustdagi 01/3027-22-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 2/5244-7267-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydalanishdagi asosiy vositalarning xizmat muddati davomida amortizatsiya usulini o‘zgartirish imkoni yaratilgan.