Satubaldin Abay Karimtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qozog‘istonda muzey ishi tarixi (1831-2020 yillar), 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: F.M. Dostoevskiy nomidagi Omsk davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxror Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Voyakin Dmitriy Alekseevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1831 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Qozog‘istonda muzey ishining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini, uning hozirgi holatining xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qozog‘istonda muzey ishining madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining tarixiy-tadriji 1831-1917 yillarda muzey ishining mahalliy aholi uchun begonaligi, potensial auditoriyaning juda kamligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi, 1918-1990 yillarda aholida savodxonlikning o‘sishi, muzeyni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida institutsionalizatsiya va tizimlashtirish bilan bog‘liq sakrash yuz berganligi va 1991 yildan hozirgi kungacha Qozog‘istonda muzeylarning kuchli markazlashtirilganligi, davlat nazorati hamda faoliyatining mafkuraviy yo‘naltirilganligi bilan asoslangan;
Qozog‘iston muzeylari memorial, san’atshunoslik, sanoat, muzey-qo‘riqxonalar, tarixiy, tabiiy fanlar, universal va boshqa profillar bo‘yicha 9 yo‘nalishga ajratilganligi, muzeylarni maqomi bo‘yicha (asosiy muzeylar, muzeylar filiallari va muzey-qo‘riqxonalar), muayyan mulkdorga (davlat, idoraviy, davlat va xususiy) tegishliligi bo‘yicha, davlat maqsadlari bo‘yicha (ilmiy-tadqiqot, ilmiy-ma’rifiy va ta’lim), saqlanib qolgan merosning xususiyati bo‘yicha (to‘plam va ansambl turi), faoliyat ko‘lami bo‘yicha (milliy, viloyat, tuman, shahar va qishloq muzeylari), xodimlar soni bo‘yicha (1-20, 21-50, 51-100, 100 dan ortiq xodimlar) faoliyat yuritganligi dalillangan;
madaniyat va texnika taraqqiyoti muzey jarayonlari doirasida bo‘lgan muzeylar sonining ko‘payishi, ashyolarni raqamlashtirish, virtuallashtirish, elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish, materiallarni vizuallashtirishning yangi shakllari, texnologiyalar, elektron qo‘llanmalar, interaktiv dasturlari kabi zamonaviy tendensiyalarining ochib berilishi globallashuv, axborotlashtirish, jamiyatning harakatchanligi va dinamikligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, etnik va ijtimoiy jarayonlar, zamonaviy jamiyatdagi munosabatlar kabi omillarning muzey rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi Qozog‘iston sharoiti misolida aniqlangan;
Qozog‘iston muzeylarida ma’muriy munosabatlar tizimi muzey - hokimlik – vazirlik fonida ekanligi va muzeylar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning samarasiz faoliyati natijasida Qozog‘istonda muzeylar tarmog‘ini sifatli rivojlantirish uchun turli darajadagi muzeylar va turli mintaqalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish mexanizmiga ega tizim yaratilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qozog‘iston muzey ishi tarixi (1831-2020) masalalarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘sinda joriy etilgan:
Qozog‘istonda muzey ishining madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining tarixiy-tadriji 1831-1917 yillarda muzey ishining mahalliy aholi uchun begonaligi, potensial auditoriyaning juda kamligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi, 1918-1990 yillarda aholida savodxonlikning o‘sishi, muzeyni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida institutsionalizatsiya va tizimlashtirish bilan bog‘liq sakrash yuz berganligi va 1991 yildan hozirgi kungacha Qozog‘istonda muzeylarning kuchli markazlashtirilganligi, davlat nazorati hamda faoliyatining mafkuraviy yo‘naltirilganligi bilan asoslangan materiallardan muzey ishini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tomonidan foydalanildi. Jumladan, Qozog‘istondagi muzey xodimlari uchun «Zamonaviy muzeyning vazifalari ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida», «Muzey jarayonlaridagi zamonaviy ilg‘or tendensiyalar», «Muzey ishlarini tartibga solish bo‘yicha xorijiy tajriba», «Qozog‘iston muzeylar tarmog‘ining shakllanishi va rivojlanishi tarixi», «Qozog‘iston muzeylarining tasnifi va tipologiyasi» va «Qozog‘iston muzey fondi» kabi ma’ruzalarga asos bo‘lganligi dalillangan (Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo‘mitasining 2022 yil 2 avgustdagi 09-11/997-son ma’lumotnomasi). Natijada Qozog‘istondagi barcha muzey xodimlarining kasbiy va malaka oshirishiga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qozog‘iston muzeylari memorial, san’atshunoslik, sanoat, muzey-qo‘riqxonalar, tarixiy, tabiiy fanlar, universal va boshqa profillar bo‘yicha 9 yo‘nalishga ajratilganligi, muzeylarni maqomi bo‘yicha (asosiy muzeylar, muzeylar filiallari va muzey-qo‘riqxonalar), muayyan mulkdorga (davlat, idoraviy, davlat va xususiy) tegishliligi bo‘yicha, davlat maqsadlari bo‘yicha (ilmiy-tadqiqot, ilmiy-ma’rifiy va ta’lim), saqlanib qolgan merosning xususiyati bo‘yicha (to‘plam va ansambl turi), faoliyat ko‘lami bo‘yicha (milliy, viloyat, tuman, shahar va qishloq muzeylari), xodimlar soni bo‘yicha (1-20, 21-50, 51-100, 100 dan ortiq xodimlar) faoliyat yuritganligi dalillar asosida L.N. Gumilyov nomidagi Evrosiyo Milliy universiteti tarix fakul`tetida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy etilgan (L.N.Gumilyov nomidagi Evrosiyo Milliy universitetining 2022 yil 22 iyundagi 606-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning ta’lim tizimiga joriy etilishi talabalarning malakasini oshirish imkonini berdi va Qozog‘istonning zamonaviy muzey ishidagi kam o‘rganilgan jarayonlarni qamrab oluvchi yangi manbalari talabalar dunyoqarashini boyitishga imkon bergan;
madaniyat va texnika taraqqiyoti muzey jarayonlari doirasida bo‘lgan muzeylar sonining ko‘payishi, ashyolarni raqamlashtirish, virtuallashtirish, elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish, materiallarni vizuallashtirishning yangi shakllari, texnologiyalar, elektron qo‘llanmalar, interaktiv dasturlari kabi zamonaviy tendensiyalarining ochib berilishi globallashuv, axborotlashtirish, jamiyatning harakatchanligi va dinamikligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, etnik va ijtimoiy jarayonlar, zamonaviy jamiyatdagi munosabatlar kabi omillarning muzey rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha ilmiy xulosalar, shu jumladan Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirish muammolari va istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda madaniy siyosat konsepsiyasining yangi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo‘mitasining 2022 yil 2 avgustdagi 09-11/997-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey fondidan o‘rin olgan, ilmiy jihatdan o‘rganilgan eksponatlar yordamida yangi mavzuli ko‘rgazma va ekspozisiyalar yaratishga, muzey fondi materiallarini tadqiq etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.