Obloqulov Abdusattar Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonitning klinik-immunologik mezonlari”, 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1690.
Ilmiy rahbarlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Musabaev Erkin Isxakovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekqadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit mezoni sifatida tizimli yallig‘lanishning asosiy mediatorlarini o‘rganish orqali immun tizimining klinik-immunologik mezonlarini o‘rganish va baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar qon zardobidagi prokal`sitonin miqdori spontan bakterial peritonitni erta tashhislash mezoni sifatida tavsiya etilgan;
spontan bakterial peritonit kuzatilgan virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan patsientlarning katta qismida beta-laktam qatori antibiotiklari bilan davolash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, qon zardobida beta-laktamaza faolligining yuqori darajasi ilk bor isbotlangan;
spontan bakterial peritonit bilan kasallangan va ushbu patalogiya kuzatilgan bemorlar assitik suyuqligida IL-1β darajasi ishonarli oshgani isbotlangan, bu bakterial asoratli yaqqol ifodalangan sirrotik jarayonining mavjudligi bilan izohlangan, shu asosda IL - 1β assit jigar sirrozi fonida bakterial peritonitning erta tashhisoti va bashoratlash uchun marker bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
spontan bakterial peritonit bilan og‘rigan sirrozli shaxslar guruhida IL-8 ning 9 marta ishonarli darajada oshishi aniqlangan, bu IL-8 ning bakterial infeksiyaga nisbatan immun yallig‘lanish reaksiyasini tartibga soluvchi muhim peptid ekanligini ko‘rsatgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonitning klinik-immunologik mezonlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit kelib chiqishi birlamchi profilaktikasini va davosini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit belgilari sifatida yallig‘lanish mediatorlarini o‘rganishning tashxisiy ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi 8n-r/474 – son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit kelib chiqishi birlamchi profilaktikasi va davosiga konseptual yondashish imkonini bergan;
virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit belgilari sifatida yallig‘lanish mediatorlarini va qon zardobidagi prokal`sitonin miqdorini o‘rganishning tashxisiy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 8n-z/254-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit tashhisoti takomillashtirilgan, tashhislashda qon zardobidagi prokal`sitonin miqdorini va sitokin statusni aniqlash katta ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berilgan.