Omonov Oybek Avazxonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarda optimal davo-diagnostika taktikasini tanlash», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib389.

Ilmiy rahbar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Gofur-Oxunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: V.A. Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadio‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarda davo-diagnostika taktikasini optimallashtirish hisobiga davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘t yo‘llari proksimal qismi o‘smasining klinik kechishi xususiyatlari tadqiq etilgan, davo-diagnostika taktikasi ishlab chiqilib, xirurgik davolashning turli usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar optimallashtirilgan;

o‘t yo‘llari proksimal qismi o‘smasi bo‘lgan bemorlarni radikal davolashning bosqichi sifatida miniinvaziv endobiliar amaliyotlarning bajarilish uslubiyati ishlab chiqilgan;

o‘t yo‘llari proksimal qismining zararlanish turi, o‘sma jarayoni bosqichi va tarqalganligiga qarab xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlari aniqlangan va o‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarni davolash usulini tanlashni unifikatsiya qilish imkonini beruvchi optimal davo-diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan;

o‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarning turli palliativ va radikal amaliyotlardan keyin kumulyativ yashab qolish ko‘rsatkichlari o‘rganilib, ularning prognostik ahamiyati va kasallik residivi ehtimolligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

o‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarni davo-diagnostikasi optimal taktikasini tanlashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarda optimal davo-diagnostika taktikasini tanlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi 8N-r/13-son ma’lumotnomasi). O‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarni taklif etilgan tavsiyalarga asosan davolash taktikani optimallashtirish, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, yashab qolish muddatlarini uzaytirish imkonini bergan;

o‘t yo‘llari proksimal o‘smasi bo‘lgan bemorlarda optimal davo-diagnostika taktikasini tanlashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8N-d/36-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotdan olingan natijalar va taklif etilgan davo-diagnostika algoritmi yuqori sezgir va maxsus tekshiruv usullarini o‘z ichiga olib, o‘sma jarayonini erta aniqlash, uning tarqoqligini baholashni ta’minlagan va o‘smani rezeksiya qilish ko‘rsatkichini 5% dan 15% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish