To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida balandlikka sakrovchi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini boshqarish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped288.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Marsharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Dadaboev Odil Jaloliddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; P`yanzin Andrey Ivanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichidagi balandlikka sakrovchilarning mashg‘ulot jarayonlarini kompleks nazorat qilish asosida tayyorgarlik tizimining model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga metodologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi balandlikka sakrovchilarni sport natijalari yil sayin yosharib borayotganligi sababli umumiy jismoniy tayyogarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik yuklamalar nisbatlarini o‘zgartirish hisobiga xalqaro musobaqalarda yosh sportchilarni raqobatlashish imkoniyatlari kengaytirilgan;
balandlikka sakrovchilarini (“KINOVEA” dasturi orqali) qadamlar kengiligi va ularning chastotasi, tana hamda oyoqlar orasidagi burchagi, gavda bilan bel orasidagi burchak gradusini aniqlab sakrashdagi plankadan o‘tishda texnikani to‘g‘rilash hisobiga sakrash texnikasi takomillashtirilgan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning texnikasidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun start chizig‘i va oxirgi depsinish masofasi hamda unga minimal sarflanadigan vaqt oralig‘idagi tezlanish imkoniyati qadamlar chastotasi va individual qadamlar kengiligini (aylana bo‘ylab qulay tarafni shakllantirish) mutonosiblashtirish hisobiga bosqichdan bosqichga muvafaqqiyatli o‘tish imkoniyati kengaytirilgan;
balandlikka sakrovchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori sport natijalariga erishish uchun maxsus harakat tayyorgarligini belgilab beruvchi (30 m ga yoysimon yugurish kabi) model ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning jismoniy rivojlanganlik, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib sprinter-kuchli (egiluvchanlik), kuchli-sakrovchan (tezkorlik), sprinter-sakrovchan (kuch) va universal (asosan sakrash) tiplar uchun texnika imkoniyati bo‘yicha ortda qolayotgan sifatni rivojlantirishning tabaqalashtirilgan metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy sport mahorati bosqichida balandlikka sakrovchilarning mashg‘ulot jarayonini kompleks nazorat qilish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi balandlikka sakrovchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik yuklamalar nisbatlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar “Engil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-279 raqamli guvohnoma). Natijada, engil atletikaning sakrash turlari bilan shug‘ullanishga saralash va tanlab yo‘naltirish imkoniyatlari 16% ga yaxshilangan;
balandlikka sakrovchilarini (“KINOVEA” dasturi orqali) qadamlar kengiligi va ularning chastotasi, tana hamda oyoqlar orasidagi burchagi, gavda bilan bel orasidagi burchak gradusini aniqlanish hisobiga sakrash texnikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston engil atletika milliy terma jamoasi balandlikka sakrovchilar o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlariga hamda musobaqa jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 06-01/06/13/7805-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletika mashg‘ulotlarida sakrash texnikasini rivojlantirish imkoniyatlari 18% ga yaxshilangan;
balandlikka sakrovchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuqori sport natijalariga erishish uchun maxsus harakat tayyorgarligini belgilab beruvchi model tavsiflari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Engil atletika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabining sportchilari o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 06-01/06/13/7805-son ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchilarning balandlikka sakrash imkoniyatlari 11,2% ga yaxshilangan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning texnikasidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun qadamlar chastotasi va individual qadamlar kengiligi hisobiga bosqichdan bosqichga o‘tish imkoniyatlarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Engil atletika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabining sportchilari o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 06-01/06/13/7805-son ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchilarning balandlikka sakrash texnikasi 15,5% ga yaxshilangan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning jismoniy rivojlanganlik, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib sprinter-kuchli, kuchli-sakrovchan, sprinter-sakrovchan va universal tiplar uchun texnika imkoniyatini tabaqalashtirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Engil atletika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabining sportchilari o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 06-01/06/13/7805-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro musobaqalarda yuqori natijaga erishish imkoniyati 18% ga yaxshilangan.