Salaxidinova Zilola Odiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus tili diskursi frazeologik birliklarining leksik-grammatik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil727.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; El`kin Denis Yur`evich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rganilayotgan diskursning maqsad va vazifalariga ko‘ra badiiy va publisistik matnlarda qo‘llanilgan frazeologik birliklarning leksik-grammatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
D. Rubina asarlarida frazeologik birliklar komponentlari o‘rtasidagi struktur-semantik o‘zaro ta’sir va bevosita kontekstual muhitni belgilovchi omillar struktur-grammatik jihatdan asosan fe’l va ravish tarkibli frazeologik birliklarda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ommaviy axborot diskursida tuzilishi bo‘yicha gaplarga mos keluvchi nominativ va kommunikativ frazeologik birliklar hamda so‘z birikmalariga mos keluvchi frazeologik birliklarga ajratilishi hamda ekspressiv-stilistik xususiyatlariga ko‘ra uslublararo, so‘zlashuv va badiiy nutqqa oid frazeologik birliklarning samarali qo‘llanishi asoslangan;
D. Rubina asarlari personajlarining obrazli tavsifini yaratishda qo‘llanilgan frazeologizmlar emotsional holat, hissiyot, qayg‘u, moddiy va ijtimoiy holati kabi mavzuiy guruhlarda individual mualliflik transformatsiyasi texnikasini aniqlash orqali muallifning yumoristik effektga erishish maqsadida semantik transformatsiya usuliga ustuvorlik berishi dalillangan;
gazeta maqolalarida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning yangi frazeologik komponent kiritish, frazeologik birliklarni qisqartirish, komponentni almashtirish, yangi iboralarni shakllantirish kabi transformatsiya usullari orqali vaziyatga xos yangi mazmun kiritishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili diskursida foydalaniladigan frazeologizmlarning leksik-grammatik va semantik-stilistik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
D. Rubina asarlarida frazeologik birliklar komponentlari o‘rtasidagi struktur-semantik o‘zaro ta’sir va bevosita kontekstual muhitni belgilovchi omillarga oid ilmiy natijalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan A-1-197-son«Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3457-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan materiallar frazeologik birliklarning milliy va madaniy jihatlarini chuqurroq anglash uchun xizmat qilgan;
ommaviy axborot diskursida tuzilishi bo‘yicha gaplarga mos keluvchi nominativ va kommunikativ FBlar hamda so‘z birikmalariga mos keluvchi frazeologik birliklar ekspressiv-stilistik xususiyatlariga ko‘ra uslublararo, so‘zlashuv va badiiy nutqqa oid frazeologik birliklarga oid materiallardan «Badiiy matnlarni filologik tahlil qilish asoslari» darsligini tayerlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 20 dekabrdagi 484-son buyrug‘i, 484-150-son nashr guvoxnomasi). Natijada taqdim etilgan material frazeologik birliklarning leksik, grammatik va stilistik xususiyatlarini to‘liqroq ochib berishga xizmat qilgan;
D. Rubina asarlari personajlarining obrazli tavsifini yaratishda qo‘llanilgan frazeologizmlarning emotsional holat, hissiyot, qayg‘u, moddiy va ijtimoiy holati kabi mavzuiy guruhlariga oid xulosalardan «Badiiy matnlarni filologik tahlil qilish asoslari» darsligini tayerlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 20 dekabrdagi 484-son buyrug‘i, 484-150-son nashr guvoxnomasi). Natijada taqdim etilgan material frazeologik birliklarning leksik, grammatik va stilistik xususiyatlarini to‘liqroq ochib berishga xizmat qilgan;
gazeta maqolalarida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning yangi frazeologik komponent kiritish, frazeologik birliklarni qisqartirish, komponentni almashtirish, yangi iboralarni shakllantirish kabi transformatsiya usullaridan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» telekanali tomonidan «General English» teledasturini tayyorlashda foydalanilgan («Yoshlar» telekanalining 2018 yil 22 oktyabrdagi «General English» dasturi bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3650-son ma’lumotnomasi). Natijada efir uchun tayyorlangan ma’lumotlarlar rus tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan.