Jabborova Dilbar Darmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida rus tilini o‘qitishda kreativlikni shakllantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019PhD.Ped1065. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldashovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida rus tilini o‘qitishda kreativlikni shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativligini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni rus tilini o‘qitishda sinergetik yondashuvni mobillik tamoyiliga refleksiyalash hamda o‘qitish va o‘quv bilishning tashkiliy-funksional, tashkiliy-pedagogik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
talabalarga xorijiy tilni (rus tili) o‘qitish orqali kreativligini shakllantirish hamda til bilish kompetentligining lingvistik, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-faoliyatiy, diagnostik-natijaviy bloklar uzviyligida umumlashgan pedagogik strategiyani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida rus tilini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish orqali talabalarning til bilish kompetentligini va kreativligini shakllantirish texnologiyasi CDIO ta’lim loyihasini algoritmlash, tezkor til o‘rganishda mobillik va integrativlikni ta’minlash hamda “Klivlend Plan” metodlar kompleksining bosh tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni (rus tili) o‘qitish orqali talabalarning mutaxassisligia xos kasbiy sifatlarini va kreativligini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari terminologik apparatni dasturiy apparatga fanlararo integratsiyalash hamda til o‘rganishning individual ta’lim traektoriyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili darslarida talabalar kreativligini shakllantirishda yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativligini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni rus tilini o‘qitishda sinergetik yondashuvni mobillik tamoyiliga refleksiyalash hamda o‘qitish va o‘quv bilishning tashkiliy-funksional, tashkiliy-pedagogik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida rivojlantirishga oid taklif va xulosalardan «Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish» bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 
13 maydagi 166-sonli nashrga ruxsat berilgan guvohnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma talabalarning kreativligini shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalarga xorijiy tilni (rus tili) o‘qitish orqali kreativligini shakllantirish hamda til bilish kompetentligining lingvistik, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-faoliyatiy, diagnostik-natijaviy bloklar uzviyligida pedagogik strategiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalardan  «Oliy ta’lim tizimida nogironligi bor talabalar uchun “to‘siqsiz muhit”»  nomli grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 7 noyabrdagi 957-son guvohnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model talabalarning kreativligini shakllantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida rus tilini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish orqali talabalarning til bilish kompetentligini va kreativligini shakllantirish texnologiyasini, talabalarning mutaxassisligia xos kasbiy sifatlarini va kreativligini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari takomillashtirish asosida rivojlantirishga oid taklif va xulosalardan «Jahon adabiyoti tarixi» (rus tilida) o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i bilan nashrga ruxsat berilgan). Natijada takomillashtirilgan ta’lim texnologiyasi va baholash mezonlari oliy ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish